Jamiyat

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2023-yilda 11 foizni tashkil etdi
31 yanvar 2024, 17:57

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2023-yilda 11 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2023-yilda kambag‘allik darajasi 3,1 foizga qisqarib, 11 foizni tashkil etdi. Kambag‘allikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etilgani ma’lum qilindi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
31 yanvar 2024, 17:46

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

1−5-fevral kunlari Toshkent viloyatining qator tumanlari va Namanganning bir tumanida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet fevralning boshi nisbatan sovuq bo‘lishi haqida xabar bergandi.

JIB Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi
31 yanvar 2024, 17:42

JIB Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U o‘zining ish yurituvidagi sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlab berishini aytgan.

Toshkentda 18 metrli avtobus yog‘ingarchilik sababli sirpanib, qiyalikka tushib ketdi (video)
31 yanvar 2024, 17:16

Toshkentda 18 metrli avtobus yog‘ingarchilik sababli sirpanib, qiyalikka tushib ketdi (video)

Toshkent shahrida 11-yo‘nalishdagi “garmoshka”li avtobus 18-avtosaroydan chiqayotib, yog‘ingarchilik tufayli sirpandi va uning orqa qismi qiyalikka tushib ketdi. Salonda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Avtobus maxsus texnika yordamida chiqarib olindi.

“Tashabbusli budjet”da bajarilgan loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar tekshirib oladi — reja
31 yanvar 2024, 16:49

“Tashabbusli budjet”da bajarilgan loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar tekshirib oladi — reja

2024-yilgi davlat dasturi loyihasida “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar roziligi bilan foydalanishga topshirish belgilanmoqda. Shuningdek, 1-martdan “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda 1-martdan aholini havo ifloslanganda xabardor qilish boshlanishi mumkin
31 yanvar 2024, 15:56

O‘zbekistonda 1-martdan aholini havo ifloslanganda xabardor qilish boshlanishi mumkin

O‘zbekistonda 1-martdan chang bo‘roni va havo ifloslangan vaqtda aholini profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilish maydonlarida chang va qumning havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etilishi mumkin.

Surxondaryoda erkak 4 yoshli bolasini shirinlik so‘ragani uchun so‘kib, kaltakladi
31 yanvar 2024, 15:07

Surxondaryoda erkak 4 yoshli bolasini shirinlik so‘ragani uchun so‘kib, kaltakladi

Tarmoqlarda ota 4 yoshli bolasini do‘kondan shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘ragani uchun haqoratlab, kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura holat Termiz shahrida 42 yoshli erkak tomonidan sodir etilgan va unga nisbatan ochilgan ma’muriy ish sudga yuborilganini bildirdi.

Surxondaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
31 yanvar 2024, 13:36

Surxondaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Polkovnik Timur Ismailov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Boshqarmaning avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismailov esa Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanishi mumkin
31 yanvar 2024, 13:08

Ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanishi mumkin

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi rejalashtirilmoqda.

Yunusabad Residence premium klassdagi xonadonlarga chegirma e’lon qildi
31 yanvar 2024, 13:00

Yunusabad Residence premium klassdagi xonadonlarga chegirma e’lon qildi

10-fevralgacha Yunusabad Residence premium klassdagi 30 ta xonadonga 13% chegirma amal qiladi. Bundan tashqari, boshlang‘ich to‘lovsiz 12 oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.

O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda
31 yanvar 2024, 13:00

O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda

2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida oyning bir ish kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lishi, bunda rahbarlar jamoat transportida yurish orqali namuna ko‘rsatishi belgilandi. 2020-yilda ham rahbarlarga haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmasdan ishga kelib-ketish tavsiya etilgan.

2024-yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi
31 yanvar 2024, 12:39

2024-yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Loyihalar 9-fevralga qadar jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

Antikorrupsiya agentligiga 2023-yilda eng ko‘p ta’lim sohasi bo‘yicha murojaat kelib tushgan
31 yanvar 2024, 11:53

Antikorrupsiya agentligiga 2023-yilda eng ko‘p ta’lim sohasi bo‘yicha murojaat kelib tushgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023-yilda eng ko‘p ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonun buzilishi holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Shuningdek, sud qarorlaridan norozilik va tender savdolaridagi buzilishi holatlari bo‘yicha ham ko‘p shikoyatlar bildirilgan.

Fevralda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
31 yanvar 2024, 11:15

Fevralda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekistonda kelayotgan fevral oyi odatdagidan iliqroq, biroq oy boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Ikkinchi besh kunlikda harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+13 daraja, keyinchalik oy oxirigacha kechasi −12…+7, kunduzi 0…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

Qidiruvdagi ikki erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
31 yanvar 2024, 10:56

Qidiruvdagi ikki erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

2018 va 2022-yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan ikki erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ularning biri ko‘p miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish, ikkinchisi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda.

Surxondaryoda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida bir ayol vafot etdi
31 yanvar 2024, 10:17

Surxondaryoda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida bir ayol vafot etdi

Termiz tumanida Nexia 3 yuqori tezlikda yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darildi. Hodisa oqibatida 2003-yilda tug‘ilgan ayol vafot etdi, haydovchi esa tuman shifoxonasiga yotqizildi.

Qashqadaryoda 20 dan ortiq buta va daraxtni noqonuniy kesgan hokim yordamchisi jarimaga tortildi
31 yanvar 2024, 09:59

Qashqadaryoda 20 dan ortiq buta va daraxtni noqonuniy kesgan hokim yordamchisi jarimaga tortildi

Yakkabog‘ tumanida hokim yordamchisi 20 ta na’matak butasi va 5 ta olcha daraxtini noqonuniy kesishi oqibatida tabiatga 9 mln 350 ming so‘m zarar yetdi. U jami 12,7 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Qashqadaryoda talaba qizni turmush qurishga undab, bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi
31 yanvar 2024, 09:40

Qashqadaryoda talaba qizni turmush qurishga undab, bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi

Shahrisabz shahrida 17 yoshli qizni turmush qurishga undab, tazyiq va ruhiy bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi. Avvalroq qizga himoya orderi berilgandi.

“O‘rmonqurilish” va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi markaz xodimlari qo‘lga olindi
31 yanvar 2024, 02:14

“O‘rmonqurilish” va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi markaz xodimlari qo‘lga olindi

Bosh prokuratura O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “O‘rmonqurilish” DUK hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi mansabdor shaxslari hibsga olingani haqida xabar berdi. Ular pora olganlikda gumon qilinmoqda.

O‘zbekiston Xitoydan tez yordam uchun 150 mln dollarga elektromobil sotib oladi
31 yanvar 2024, 02:00

O‘zbekiston Xitoydan tez yordam uchun 150 mln dollarga elektromobil sotib oladi

SSV Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi bilan tez tibbiy yordam elektromobillari xarid qilish va ularni modifikatsiyalash zavodini qurish bo‘yicha 150 mln dollarlik shartnoma imzoladi. China CAMC Engineering poliklinikalar qurishi mumkin, Snibe Diagnostic esa diagnostika uskunalari bilan ta’minlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting