O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023-yilda xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan xodimlari qanday sovg‘alar qabul qilgani haqida ma’lumot berdi. Bu agentlik saytida e’lon qilingan Sovg‘alar reyestrida ko‘rsatib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, 1 yil ichida 33 mln 736 ming so‘mlik 26 ta sovg‘a agentlikka hadya qilingan. Ularni tashkilot direktori Akmal Burxonov, rahbar o‘rinbosarlari Umida Tuxtasheva, Umed Mavlyanov va boshqa xodimlar qabul qilgan.

Hadyalarning aksariyati ramziy suvenir va devorga osiladigan buyumlardir. Ularing ichidan qiymati yuqori bo‘lgan sovg‘alar Qatar rasmiylari tomonidan berilgan. Xususan, 4 mln 800 ming so‘mlik qal’a shaklidagi suvenir hamda boshqa bir rangli suvenirni Qatar Korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligi markazi hamda Bosh prokuraturasi bergan. Qatarning Davlat audit byurosi sovg‘a qilgan lagan esa 2 mln 400 ming so‘mga baholangan. Mamlakatning Mamuriy nazorat va shaffoflik idorasi bergan, Qatar hamda O‘zbekiston davlatlari bayrog‘i aks ettirilgan, metalldan yasalgan kema shaklidagi suvenir 2,5 mln so‘m turadi. Ularning barchasi agentlik rahbari Akmal Burxonovga hadya qilingan.

Shuningdek, u Tojikiston davlat Moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan 2 mln 800 ming so‘mlik yashil oniks vaza qabul qilib olgan.

Berilgan sovg‘alarning ro‘yxati:

акмал бuрхонов, антикоррuпция agentligi

акмал бuрхонов, антикоррuпция agentligi

акмал бuрхонов, антикоррuпция agentligi

Berilgan hadyalarning qiymatini Sovg‘alar reyestrini yuritish davlat organining xo‘jalik bo‘linmasi savdo do‘konlari, internet hamda boshqa manbalar va usullar orqali o‘rganib chiqqan va uning o‘rtacha qiymatini kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Antikorrupsiya agentligi tashkilotga berilgan sovg‘alarning reyestirini yuritishni 2023-yilda boshlab, aprel oyida 2023-yilgacha agentlik olgan hadyalarning qiymatini e’lon qilgandi.