Toshkentda velosiped va mototransportdan foydalanishni qanday qilib ommalashtirish rejalashtirilmoqda?
Toshkentda velosiped va mototransport vositalarini ommalashtirish maqsadida xavfsiz va qulay yo‘l hamda yo‘laklar qurish, ular uchun alohida svetoforlar, belgilar va yoritish moslamalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Mototransportlarni xarid qilish uchun narxining 25 foizigacha subsidiyalar berilishi ham mumkin.
Havo sovishi sabab gaz “zapravka"larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin
O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta'minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.
Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi
Prezident payshanba kuni Andijonga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan.
O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘idagi monopoliya nihoyat tugatilishi mumkin
1-aprelgacha provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatini taqdim etish reja qilinmoqda. 2020-yilda bunday monopoliyani bekor qilish maqsad qilingandi, ammo bu haligacha amalga oshmagan. Telekommunikatsiya sektori bo‘yicha mustaqil regulyator 1-sentabrgacha paydo bo‘lishi mumkin.
Ekinlarni sovuqdan asrash uchun nima qilish kerak?
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga sovuq havo oqimlari kirib kelishi tufayli ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va sovuq kunlardan betalafot o‘tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.
Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi
Farg‘ona shahrida yer maydonidagi teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda erkak tosh bilan urishi oqibatida ayol jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Erkak qamoqqa olindi.
Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar olganini e’lon qildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari 2023-yilda xizmat safarlari, xalqaro va rasmiy tadbirlarda jami 33 mln so‘mlik 26 ta hadya olganini ma’lum qildi. Eng yuqori qiymatli sovg‘alar Qatardagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan.
Piyoz narxi oshishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga kirib keladigan sovuq havo oqimi piyoz narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Toshkentda 110 ming quti tamaki yoqib yuborildi
Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.
Prezident davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Davlat mulkini xususiylashtirish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, davlat mulkini auksion, tanlov savdolari, muzokaraga ommaviy taklif qilish, birja va boshqa yo‘l bilan xususiylashtirish mumkin. Xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mulklar: ko‘chmas mulk obyektlari, davlat ulushlari, DUK va davlat muassasalaridir.
Ellikqal’a tumaniga yangi hokim tayinlandi
Valijan Niyazimbetov Ellikqal’a tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu paytga qadar u To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
16−22-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlari, xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida qor ko‘chkisi bo‘lishi xavfi e’lon qilindi.
Pora bilan qo‘lga tushgan sudya va prokurorlar ko‘rib chiqqan barcha masalalar qayta ko‘rilishi shart — Odiljon Tojiyev
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, deputat Odiljon Tojiyev pora bilan qo‘lga tushgan sud raisi va prokurorlarning ko‘rib chiqqan barcha materiallari ko‘tarilib, qayta ko‘rib chiqilishi shart ekanini ta’kidladi. So‘nggi vaqtlarda bunday shaxslar pora bilan qo‘lga olinayotgani xabar qilinmoqda.
Belgorodga raketa hujumi uyushtirildi, besh kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Belgorod shahriga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi hududda Ukraina tomonidan otilgan 14 ta raketa tutib qolinganini ma’lum qildi.
Gaz va elektr tariflari “islohoti”, infratuzilma modernizatsiyasi. Energetika xavfsizligi uchun nimalar taklif qilinmoqda?
Prezident energetik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari bilan tanishdi. Jumladan, 1-apreldan gaz va elektr energiyasi tariflarini isloh qilish va ijtimoiy normalarni joriy etish, 49 mlrd dollarlik elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni qayta rasmiylashtirish va boshqalar rejalashtirilgan.
O‘zbekiston demokratiya reytingida 148-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston EIU`ning global demokratiya reytingida 167 mamlakat ichida 148-o‘rinni egalladi (Xitoy bilan bir xil). Mamlakatda bir necha yildan beri demokratiya bilan bog‘liq vaziyat 10 dan 2,12 ball sifatida baholanmoqda. MOdagi boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston ham avtoritar tuzumlar guruhida qolmoqda.