Niyazimbetov Valijan Batirbayevich Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumaniga hokim etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati.

Valijan Niyazimbetov faoliyati davomida Ellikqa’la tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

U tayinlovga qadar To‘rtko‘l tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Niyazimbetov mazkur lavozimda 2018-yil may oyidan buyon ishlab kelayotgan Seydamat Avezov o‘rnini egalladi.