15-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Prezident sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan. Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusi vazifalarni belgilab berishi ko‘zda tutilgan.