16−22-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Qor ko‘chkisi, xususan, quyidagi hududlarda sodir bo‘lishi mumkin:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand va Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal va Zomin tumanlarida;
  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzun tumanlarida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida.

O‘zgidrometning xabar berishicha, respublikada 16-fevral, juma kunidan boshlab yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. 18−19-fevral kunlariga kelib O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari −3…−8 daraja, kunduz kunlari 0…-3 darajagacha pasayadi. Shimolda 17−19-fevral kunlari harorat kechalari −13…−16 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajagacha pasayadi.