Jamiyat

O‘zbekistonda kuzdan ijtimoiy karta joriy etiladi
21 fevral 2024, 09:37

O‘zbekistonda kuzdan ijtimoiy karta joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalarda imtiyozlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

20-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
20 fevral 2024, 22:08

20-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

MBF qurilishida halok bo‘lgan Hindiston fuqarolari, avtomobillar savdosiga oid yangi soliq, Rossiyadan gaz importini oshirishga 500 mln dollar, farzandining davomati sabab jarimaga tortilgan ota-onalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi — O‘zgidromet
20 fevral 2024, 20:56

O‘zbekistonda 2024-yil yozi odatdagidek bo‘ladi — O‘zgidromet

El-Nino tabiiy hodisasi tufayli O‘zbekistonda 2024-yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zgidromet O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi cheklovlar davom etadi
20 fevral 2024, 17:40

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi cheklovlar davom etadi

Energetika vazirligi kunning tig‘iz vaqtlarida avvalroq elektr energiyasi yetkazib berish va metan “zapravkalar” faoliyatiga nisbatan kiritilgan cheklovlar davom etishini ma’lum qildi. Holat yaxshi tomonga o‘zgargunga qadar bugun ham (20-fevral) ma’lum cheklovlar kiritilishi mumkin, deya ogohlantirdi vazirlik.

Toshkentda 69-yo‘nalishdagi ikki avtobus va Cobalt o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi
20 fevral 2024, 15:12

Toshkentda 69-yo‘nalishdagi ikki avtobus va Cobalt o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida 69-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib Cobalt bilan, so‘ngra boshqa bir avtobus bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida yo‘lovchilar biri jarohat oldi.

Toshkent viloyatidagi fabrika qurilishida jarohatlangan va halok bo‘lganlarning barchasi Hindiston fuqarolaridir — FVV
20 fevral 2024, 14:20

Toshkent viloyatidagi fabrika qurilishida jarohatlangan va halok bo‘lganlarning barchasi Hindiston fuqarolaridir — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonchasida temir konstruksiyalarning qulashi oqibatida 3 ishchi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, ularning barchasi Hindiston fuqarolari hisoblanadi.

OKMK misni boyitish fabrikasi qurilishida tom qulab, bir necha kishi halok bo‘ldi
20 fevral 2024, 14:10

OKMK misni boyitish fabrikasi qurilishida tom qulab, bir necha kishi halok bo‘ldi

OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonida tom qulab, ishchilarni bosib qoldi. Bosh prokuraturaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan.

O‘zbekistonda nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona imtiyozdan foydalanmayapti
20 fevral 2024, 12:36

O‘zbekistonda nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona imtiyozdan foydalanmayapti

Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q.

LOT Polish Airlines Toshkent va Varshavani muntazam reyslar bilan bog‘laydi
20 fevral 2024, 11:59

LOT Polish Airlines Toshkent va Varshavani muntazam reyslar bilan bog‘laydi

Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasi mart oyi o‘rtalaridan Toshkent va Varshava orasida aviaqatnovlarni boshlaydi. U pandemiyadan keyin O‘zbekiston poytaxtidan Yevropa shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan birinchi Yevropa aviakompaniyasi bo‘ladi.

Pnevmatik, signal beruvchi va tig‘li sovuq qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda
20 fevral 2024, 11:56

Pnevmatik, signal beruvchi va tig‘li sovuq qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda

Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

2023-yilda farzandi ta’limida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ziyod ota-ona jarimaga tortildi
20 fevral 2024, 10:06

2023-yilda farzandi ta’limida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ziyod ota-ona jarimaga tortildi

O‘zbekistonda o‘quvchilarning 14 mingdan ziyodi maktabga muntazam bormayotgani aniqlandi, deya ma’lum qildi Maktab vazirligi boshqarma boshlig‘i. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarildi. 2023-yilda farzandining ta’lim-tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona javobgarlikka tortildi.

Bag‘dod, Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
20 fevral 2024, 09:42

Bag‘dod, Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumaniga, Qodirjon Erkaboyev esa Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Aziz Ergashev Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

19-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
19 fevral 2024, 22:39

19-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Shamol sabab yopilgan metan “zapravka"lar, elektr ta’minotidagi cheklovlar, 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan O‘FA buxgalteri, suddan o‘zini oqlashni so‘ragan Farmagentlik sobiq rahbari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Farmagentlik sobiq rahbari “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan uni oqlashni so‘radi
19 fevral 2024, 18:28

Farmagentlik sobiq rahbari “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan uni oqlashni so‘radi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.

Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l chetidagi panjaraga urildi
19 fevral 2024, 18:09

Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l chetidagi panjaraga urildi

Sergeli tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan elektrobus yo‘l chetidagi panjaraga borib urildi. Voqeaga haydovchining qon bosimi oshib, boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Elektrobus texnik shikastlandi, haydovchi shifoxonaga olib ketildi, jarohat olganlar bo‘lmadi, deya ma’lum qildi “Toshshahartransxizmat”.

Orol dengizi tubida navbatdagi saksovul ekish ishlari boshlandi
19 fevral 2024, 18:00

Orol dengizi tubida navbatdagi saksovul ekish ishlari boshlandi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida idoralar hamda ekofaol yoshlar tomonidan Orol dengizi tubida saksovul ekish ishlari boshlandi. 2024-yilda jami 150−200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.

Martda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
19 fevral 2024, 17:19

Martda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekistonda bu yilgi mart nisbatan salqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Oy davomida harorat kechalari −5…+10, kunduzi +5…+22, janubda +25 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

TBC Bank Group PLC 2023-yil natijalarini e’lon qildi
19 fevral 2024, 17:00

TBC Bank Group PLC 2023-yil natijalarini e’lon qildi

TBC Bank Group PLC 16-fevral kuni 2023-yil yakunlari bilan o‘rtoqlashdi. Kompaniyaning O‘zbekistondagi muvafaqiyatli faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida gazlangan hamda energetik ichimliklarni ichish va sotish taqiqlanishi mumkin
19 fevral 2024, 16:47

O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida gazlangan hamda energetik ichimliklarni ichish va sotish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda bog‘cha, maktab, kollej hamda oliy o‘quv yurtlarida shirin, gazlangan va energetik ichimliklar hamda tuzi yuqori bo‘lgan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni va sotishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Jizzaxdagi oilaviy bog‘chada qarovsiz qolgan bola ariqqa tushib ketib, vafot etdi
19 fevral 2024, 15:10

Jizzaxdagi oilaviy bog‘chada qarovsiz qolgan bola ariqqa tushib ketib, vafot etdi

Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketdi. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting