Jamiyat

Oliy Majlis faoliyatini Konstitutsiyaning yangi tahririga moslashtirish bo‘yicha qonun ma’qullandi
19 yanvar 2024, 15:46

Oliy Majlis faoliyatini Konstitutsiyaning yangi tahririga moslashtirish bo‘yicha qonun ma’qullandi

Senatorlar Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Senat a’zolari soni 100 tadan 65 taga qisqaradi, ularning 9 nafarini prezident tayinlaydi, Qonunchilik palatasi va Senat o‘zini o‘zi tarqatib yubora oladi.

Inspektor-psixologlarga qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish vakolati berilmoqda
19 yanvar 2024, 14:49

Inspektor-psixologlarga qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish vakolati berilmoqda

Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berilishi haqidagi qonun Senatda ma’qullandi.

“Yuksalish” havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash choralarini taklif qildi
19 yanvar 2024, 14:43

“Yuksalish” havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash choralarini taklif qildi

“Yuksalish” harakati ekologlar, tadqiqotchilar va faollar o‘rtasida O‘zbekiston havosining ifloslanishi muammosi bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, 10 ta birlamchi chora-tadbirni taklif qildi.

Davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlarda ekoturizm obyektlari tashkil etiladi
19 yanvar 2024, 12:25

Davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlarda ekoturizm obyektlari tashkil etiladi

Tadbirkorlarga ekoturizm obyektlarini qurish uchun davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlardan ijaraga yerlar beriladi. Hududda kemping, o‘tov, ekouy va hayvonlarni kuzatish imkonini beruvchi zonalar ochiladi. Ular haqida ma’lumot beruvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Senatorlar dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jazoni yengillashtiruvchi qonunni ma’qulladi
19 yanvar 2024, 12:12

Senatorlar dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jazoni yengillashtiruvchi qonunni ma’qulladi

Senatorlar drondan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi. Apparatni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi ham mumkin. Hozirda dronlarni noqonuniy olib kirish, sotish, olish, saqlash va foydalanish uchun jinoiy javobgarlik mavjud.

AQSh elchixonasining o‘zini o‘zi himoyalash kurslarini yana 60 dan ziyod xotin-qiz tamomladi
19 yanvar 2024, 12:07

AQSh elchixonasining o‘zini o‘zi himoyalash kurslarini yana 60 dan ziyod xotin-qiz tamomladi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan o‘zini o‘zi himoya qilish mashg‘ulotlari (Self Defense Camp)ni yana 60 dan ortiq ishtirokchi tamomladi. “Hukumat bu loyihani maktab yo boshqa ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yishni ma’qul topsa, hamkorlikka tayyormiz”, — dedi AQSh elchisi.

“Ijobiydan ko‘ra salbiy tarafi ko‘p”. Urbanistlar — Toshkent ko‘chalarida haydovchilar uchun ma’lumotlar tablosi o‘rnatish haqida
19 yanvar 2024, 12:02

“Ijobiydan ko‘ra salbiy tarafi ko‘p”. Urbanistlar — Toshkent ko‘chalarida haydovchilar uchun ma’lumotlar tablosi o‘rnatish haqida

Toshkent hokimligi haydovchilar uchun Bobur va Rustaveli ko‘chasida yo‘llardagi holat va boshqa mazmundagi ma’lumotlar aks ettiradigan ekran o‘rnatdi. “Gazeta.uz” urbanistlardan shahar ko‘chalarida bunday tablolar o‘rnatish maqsadga muvofiq yoki yo‘qligini so‘radi. Mutaxassislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yakshanbada kun ochiq va quyoshli bo‘ladi
19 yanvar 2024, 11:14

Yakshanbada kun ochiq va quyoshli bo‘ladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqtincha yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +3…+8 darajagacha, yakshanbada esa +10 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Samarqandda pistolet sotmoqchi bo‘lgan shaxs qamoqqa olindi
19 yanvar 2024, 10:50

Samarqandda pistolet sotmoqchi bo‘lgan shaxs qamoqqa olindi

DXX Jomboy tumanida “Makarov” pistoleti va uning o‘qlarini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Uning uyidan ham eski “Monte Kristo” to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari topildi. Fuqaro hozirda qamoqqa olingan.

“Jurnalistlarni urishgani chaqirdinglarmi?” — Senat qo‘mitasi huquq-tartibot xodimlarini obro‘sizlantirish moddasini qanday oqlab berdi?
19 yanvar 2024, 01:12

“Jurnalistlarni urishgani chaqirdinglarmi?” — Senat qo‘mitasi huquq-tartibot xodimlarini obro‘sizlantirish moddasini qanday oqlab berdi?

Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar ishtirokida Qonunchilik palatasi qabul qilgan va yaqinda Senat ham ko‘rib chiqishi kutilayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlari foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda tarqatganlik uchun jazo haqidagi normani muhokama qildi. Batafsil.

18-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 yanvar 2024, 22:54

18-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Qalin tuman sabab yopilgan aeroport, prezidentning eksport masalasidagi tanqidiy yig‘ilishi, sotuvi 4 baravardan ko‘proqqa o‘sgan elektromobillar, xorijiy vakolatxonalarda o‘qitiladigan o‘zbek tili kurslari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi
18 yanvar 2024, 17:41

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi

Andijon shahrida Gentra yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yubordi. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etdi.

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi
18 yanvar 2024, 16:30

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlaganlar 10 sutkaga qamaldi

Koson tumanida 4 nafar mast erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga oldi va uni Telegram`da tarqatdi. Sud hukmi bilan ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi
18 yanvar 2024, 15:26

O‘zbekistonda to‘siqsiz turizm rivojlantiriladi

Madaniy meros obyektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun lift, pandus va tutqichlar o‘rnatiladi. 2027-yilgacha ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning sayohat xarajatlarining 50 foizini davlat qoplaydi. Mehmonxonalar uchun ham subsidiyalar beriladi.

Prezident bosh vazirga 3 ta shahar va 4 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi
18 yanvar 2024, 15:16

Prezident bosh vazirga 3 ta shahar va 4 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi
18 yanvar 2024, 14:39

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi

2024-yil yakunigacha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi ishga tushiriladi.

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?
18 yanvar 2024, 12:45

Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?

Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.

Toshkentda bir oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
18 yanvar 2024, 12:15

Toshkentda bir oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

Uchtepa tumanida er-xotin va ularning 3 nafar qizi uyidan hushsiz holda topildi. Oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bosh prokuratura holatga nima sabab bo‘lganini o‘rganmoqda.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi
18 yanvar 2024, 12:05

Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi

Xalqaro standartlarni joriy qilish sohasini tartibga solmasa, adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilib, Texnik tartibga solish agentligi rahbari etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi. Agentlik to‘liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi
18 yanvar 2024, 11:49

O‘zbekistonda ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro moda haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy”da boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari quriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting