19-fevral kuni Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumaniga G‘anijon Sheraliyevich Soliyev hokim etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

G‘anijon Soliyev 1979-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini iqtisodiyot yo‘nalishida tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002-yilda Uchko‘prik tumani moliya bo‘limida boshlagan. Turli yillarda Moliya vazirligi ijtimoiy soha va aholini moliyalashtirish bosh boshqarmasida, Farg‘ona viloyati moliya boshqarmasida, Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumani moliya bo‘limlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

G‘anijon Soliyev.Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi.G‘anijon Soliyev.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi.

2014−2017-yillarda Oltiariq tumani hokimining o‘rinbosari, 2017−2020-yillarda Bag‘dod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020−2022-yillarda Farg‘ona viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Mazkur lavozimda u Yusufjon Xusainov o‘rnini egalladi. Soliyev mazkur lavozimga qadar 2022-yil 11-yanvardan buyon tumanning Xo‘jaqishloq mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, viloyatning Uchko‘prik tumani hokimi Abrorjon Asqarov o‘rniga Qodirjon Nosirjonovich Erkaboyev hokim etib tayinlandi.

Qodirjon Erkaboyev 1988-yilda Beshariq tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2013-yilda Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasida boshlagan hamda 2020-yilga qadar qator mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Qodirjon Erkaboyev.Qodirjon Erkaboyev.

2019−2020-yillarda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2020−2021-yillarda birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. U 2021-yil 10-avgustdan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Farg‘ona mintaqaviy filiali boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Bundan tashqari, shu kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga Aziz Ergashev hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Aziz Ergashev.Foto: Jizzax viloyati hokimligi.Aziz Ergashev.
Foto: Jizzax viloyati hokimligi.

Ergashev ayni lavozimga qadar Jizzax shahri hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgandi.