Jamiyat

Toshkentdagi maktabdan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi
13 fevral 2024, 10:49

Toshkentdagi maktabdan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Shanba kuni Yunusobod tumanidagi 259-maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Toshkent prokuraturasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga kirishdi. Prokuror murojaati
13 fevral 2024, 10:19

Toshkent prokuraturasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga kirishdi. Prokuror murojaati

2023-yilda Toshkent shahrida YTHlar oqibatida 95 kishi halok bo‘ldi, ulardan 10 nafari — bolalar. 1248 kishi (235 bola) jarohat oldi, xususan, 10 nafari umrbod nogiron bo‘lib qoldi. Poytaxt prokurori fuqarolarga murojaatida shaharda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayanchli vaziyat haqida gapirdi.

12-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 fevral 2024, 22:42

12-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

“Toshshahartransxizmat” rahbari ishi doirasida ushlangan shaxslar, maktablardagi davomatni tekshiradigan Milliy gvardiya, “Dok-1 Maks” sudining muzokara bosqichi, qayta tashkil etilgan TDIUning vazifalari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunliy dayjestida.

“Dok-1 Maks” ishi: Prokuror Farmatsevtika agentligi sobiq rahbariga 18 yil, Quramax direktoriga 20 yil so‘radi
12 fevral 2024, 20:54

“Dok-1 Maks” ishi: Prokuror Farmatsevtika agentligi sobiq rahbariga 18 yil, Quramax direktoriga 20 yil so‘radi

Prokuror suddan “Dok-1 Maks” siropi ishi bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbarini 18 yilga, Quramax kompaniyasi sobiq direktorini esa 20 yilga ozodlikdan mahrum qilishni, shuningdek, sudlanuvchilardan halok bo‘lgan bolalar oilalariga 100 mln so‘mdan undirishni so‘radi.

Milliy gvardiya maktablardagi davomatni tekshirishga jalb qilindi. Bunga qanday zarurat bor edi? Munosabat va izohlar
12 fevral 2024, 20:03

Milliy gvardiya maktablardagi davomatni tekshirishga jalb qilindi. Bunga qanday zarurat bor edi? Munosabat va izohlar

Maktabdagi davomat muammosini hal qilishga Milliy gvardiya ham qo‘shildi. Internetda xodimlar o‘quvchi va o‘qituvchilarga mas’uliyat haqida gapirayotgani aks etgan videolar tarqalib, jamoatchilik savollariga sabab bo‘ldi. “Gazeta.uz” Ta’lim vazirligi va Milliy gvardiya vakillarining fikrlarini bir yerga to‘pladi.

Yo‘qolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta tiklash niyatidamiz — Shavkat Mirziyoyev
12 fevral 2024, 18:16

Yo‘qolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta tiklash niyatidamiz — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidentining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Ustyurt platosi kengliklarida yashagan va inson omili ta’sirida yo‘qolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta iqlimlashtirish niyatida. Olimlar va ekspertlar bu yo‘nalishda hamkorlikka qilishga taklif etiladi.

Xitoyning tez o‘sib borayotgan brendlari O‘zbekistonda ham o‘z o‘rinlarini egallamoqda
12 fevral 2024, 17:00

Xitoyning tez o‘sib borayotgan brendlari O‘zbekistonda ham o‘z o‘rinlarini egallamoqda

HONOR brendi O‘zbekistonga 2021-yilda kirib kelgan bo‘lib, foydalanuvchilar orasida innovatsion gadjetlari va Magic OS operatsion tizimi bilan mashhur.

O‘zbekistonda 2023-yilda oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha 9000 dan ortiq shaxs jazolandi
12 fevral 2024, 15:53

O‘zbekistonda 2023-yilda oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha 9000 dan ortiq shaxs jazolandi

2023-yilda O‘zbekistonda 203 nafar shaxs oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha Jinoyat kodeksiga muvofiq sudlanib, ularning 59 nafari qamaldi. Shuningdek, 8928 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Jumadan boshlab yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
12 fevral 2024, 14:25

Jumadan boshlab yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet favqulodda e’lon berdi, unga ko‘ra, jumadan boshlab O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi
12 fevral 2024, 11:36

Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi

Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Hafta davomida harorat +24 darajagacha ko‘tariladi
12 fevral 2024, 11:06

Hafta davomida harorat +24 darajagacha ko‘tariladi

Hafta davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+10, kunduzi +12…+24 daraja bo‘ladi. Juma kuni esa sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

O‘zbekistondagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi
12 fevral 2024, 10:48

O‘zbekistondagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, yoyma to‘rlar, elektr qarmoq, tuzoqsimon to‘rlar va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollaridan foydalanish hamda 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlandi.

Qashqadaryoda 50 o‘rinli hospis quriladi
12 fevral 2024, 10:45

Qashqadaryoda 50 o‘rinli hospis quriladi

Qarshi shahrida 2026-yilgacha 50 o‘ringa mo‘ljallangan hududlararo hospis quriladi. Bu prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Toshkentdagi IQAir havo sifati datchiklari tarmog‘i kengaydi
12 fevral 2024, 10:01

Toshkentdagi IQAir havo sifati datchiklari tarmog‘i kengaydi

So‘nggi bir oyda Toshkent shahridagi IQAir havo sifati datchiklari soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi. “Gazeta.uz”dan tashqari ular BMTTD, IMPACT.T, korzinka.uz, Safia va boshqalar tomonidan o‘rnatildi. Uzum va “Kapitalbank” yil oxirigacha 50 ta datchikdan iborat tarmoq yaratilishini ma’lum qildi.

Samarqandda gaz sotuvidan tushgan qariyb 350 mln so‘mni o‘zlashtirishda gumonlangan shaxslar ushlandi
12 fevral 2024, 09:54

Samarqandda gaz sotuvidan tushgan qariyb 350 mln so‘mni o‘zlashtirishda gumonlangan shaxslar ushlandi

Toyloq tumanida aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirganlikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Toshkent viloyatida 10 ga yaqin mashina shinalarini yechib ketganlar ushlandi
11 fevral 2024, 11:11

Toshkent viloyatida 10 ga yaqin mashina shinalarini yechib ketganlar ushlandi

Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida 10 ga yaqin Cobalt`ning shinalarini yechib ketib, ularni sotgan 3 yigit qo‘lga olindi.

Farg‘onada davlatga 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi
11 fevral 2024, 11:08

Farg‘onada davlatga 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining ikki hududida 5 nafar fuqaro xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgani aniqlandi. Ular davlatga jami 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.

Maktab va bog‘chalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etildi
10 fevral 2024, 14:41

Maktab va bog‘chalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi kompaniya tashkil etildi

O‘zbekistonda Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

Qashqadaryoda 606 nafar fuqaroni jami 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilmoqda
10 fevral 2024, 12:59

Qashqadaryoda 606 nafar fuqaroni jami 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilmoqda

IIV Qashqadaryoda aldov yo‘li bilan yuzlab fuqarolarning salkam 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilayotganini ma’lum qildi. Ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.

“Alisher Navoiy” metro bekati qanday bunyod etilgan?
10 fevral 2024, 12:46

“Alisher Navoiy” metro bekati qanday bunyod etilgan?

Har yili 9-fevralda davlat arbobi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning tavallud kuni nishonlanadi. O‘zbekistonda uning sharafiga haykallar o‘rnatilgan, nomi ko‘chalarga va Toshkent metrosidagi bekatlardan biriga qo‘yilgan. “Gazeta.uz” ushbu bekat qurilishi tarixini uning me’mori tilidan hikoya qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting