Jamiyat

Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda
19 fevral 2024, 11:34

Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

Surxondaryoda yashirincha olib kirilayotgan 10 mlrd so‘mlik sigaretlar to‘xtatib qolindi
19 fevral 2024, 11:16

Surxondaryoda yashirincha olib kirilayotgan 10 mlrd so‘mlik sigaretlar to‘xtatib qolindi

“Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida yashirincha olib kirilayotgan 10 mlrd so‘mlik sigaretlar to‘xtatib qolindi. 402 ming quti mahsulot Tojikistonga o‘tish uchun respublikaga kirib kelgan poyezd vagonidan aniqlandi.

Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar nega manzil-koloniyalarda ekani tushuntirildi
19 fevral 2024, 10:40

Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar nega manzil-koloniyalarda ekani tushuntirildi

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar jazoni manzil-koloniyada o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Buning sababini Toshkent shahar sudlari tushuntirdi.

Toshkent viloyatidagi “zapravka” 37,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
19 fevral 2024, 09:30

Toshkent viloyatidagi “zapravka” 37,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Ohangaron tumanidagi “zapravka”lardan biri yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bundan ko‘rilgan zarar 37,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

O‘zbekistondagi barcha gaz “zapravka”larga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda
18 fevral 2024, 11:39

O‘zbekistondagi barcha gaz “zapravka"larga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda

Magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda. Benzin “zapravka"larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi, deya ishontirdi Energetika vazirligi.

O‘zbekistonning uchta viloyatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
18 fevral 2024, 11:09

O‘zbekistonning uchta viloyatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi

Energetika vazirligi Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilayotganidan ogohlantirdi. Buning oqibatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolmoqda.

Toshkentliklardan kuchli qor yog‘ishi sababli shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslik so‘raldi
18 fevral 2024, 10:47

Toshkentliklardan kuchli qor yog‘ishi sababli shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslik so‘raldi

Poytaxt hokimligi aholini qor yog‘ishi 12 soatgacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholidan shaxsiy avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish so‘raldi.

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi
18 fevral 2024, 10:04

Toshkent viloyatida o‘quvchining boshini devorga urib, jarohatlagan o‘qituvchiga jinoiy ish ochildi

Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tashkent Index avtoturargohidagi soyabon bir necha avtomobillar ustiga quladi
18 fevral 2024, 09:21

Tashkent Index avtoturargohidagi soyabon bir necha avtomobillar ustiga quladi

Tashkent Index cavdo majmuasi avtoturargohidagi soyabon qor yoqqani ortidan bir necha avtomobil ustiga qulab tushdi. Bozor ma’muriyati soyabon ostida 35 ta mashina bo‘lgani, ularning 6 tasiga shikast yetganini bildirdi. Moddiy zarar esa qoplab beriladigan bo‘ldi.

Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi
18 fevral 2024, 08:52

Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi erkakni urib yubordi. Voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirli holat yo‘qligi ma’lum qilindi.

Toshkentning bir nechta joylarida Aleksey Navalniy xotirasiga hurmat bajo keltirildi (foto)
17 fevral 2024, 22:25

Toshkentning bir nechta joylarida Aleksey Navalniy xotirasiga hurmat bajo keltirildi (foto)

Toshkentdagilar, asosan, Rossiya fuqarolari muxolifatchi, Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod Aleksey Navalniyni xotirlashdi. Ular marhumni eslab, “Shahidlar xotirasi” xiyoboni, Rossiya elchixonasi, “Rossotrudnichestvo”, ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali va Kosmonavtlar maydoniga gullar qo‘yishdi.

FVV O‘zbekiston aholisini tomdan tushishi mumkin bo‘lgan qor va muzlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
17 fevral 2024, 15:14

FVV O‘zbekiston aholisini tomdan tushishi mumkin bo‘lgan qor va muzlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini qorli va sovuq kunlarda ko‘chada ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga, binolar tomidan tushishi mumkin bo‘lgan qor va muzlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxini ko‘rsatuvchi axborot tizimi ishga tushiriladi
17 fevral 2024, 13:59

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxini ko‘rsatuvchi axborot tizimi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martgacha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narxlari to‘g‘risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan “Elektron agrosanoat bozori” axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasi qilinadi.

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan 29-fevralgacha mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishi so‘raldi
17 fevral 2024, 12:21

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan 29-fevralgacha mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishi so‘raldi

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi 29-fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishi so‘raldi. Fuqaro o‘z xohishi bilan shunday qilsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Turkiyada odam savdosida ayblangan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
17 fevral 2024, 10:19

Turkiyada odam savdosida ayblangan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Istanbulda 2023-yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan ayol qo‘lga olindi. U odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.

16-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 fevral 2024, 22:46

16-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Navalniyning vafoti, hujraga qatnagan bolalar haqida gapirgan prezident, qor sabab yuzaga kelgan tirbandlik, Qozog‘istonda evakuatsiya qilingan 27 nafar o‘zbekistonlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Foto, video: Toshkentda qor tufayli kuchli tirbandlik yuzaga keldi, JT barqaror ishlamoqda, biroq ish jadvali buzilgan
16 fevral 2024, 21:02

Foto, video: Toshkentda qor tufayli kuchli tirbandlik yuzaga keldi, JT barqaror ishlamoqda, biroq ish jadvali buzilgan

Toshkentda qor yog‘ishi sababli kuchli tirbandliklar kuzatilmoqda. Taksi narxlari keskin oshdi. Avtobuslar barqaror ishlamoqda, biroq yo‘llardagi vaziyat tufayli harakat jadvali buzilgan. Foto, video.

Prezident maktab o‘rniga hujraga qatnagan bolalar haqida gapirdi
16 fevral 2024, 18:37

Prezident maktab o‘rniga hujraga qatnagan bolalar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda 12 nafar maktab o‘quvchisi 6 oy davomida hujraga qatnab yurgani va bundan direktorning xabari bo‘lganini ta’kidladi. “12 ta bolaga ham direktor 5 baho qo‘yib kelyapti. U hujrada topgan noma’qul pulini direktorga beryapti. Mana, biz qanday illat bilan kurashyapmiz”, — dedi prezident.

Prezident Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berish va uning byustini o‘rnatishni taklif qildi
16 fevral 2024, 17:42

Prezident Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berish va uning byustini o‘rnatishni taklif qildi

Andijon shahridagi san’at maktabi Musiqa va san’at kollejiga aylantiriladi. Shavkat Mirziyoyev unga Sherali Jo‘rayev nomini berish va hofizning byustini o‘rnatishni taklif qildi.

Xonobod — Andijon — Izboskan — Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
16 fevral 2024, 17:11

Xonobod — Andijon — Izboskan — Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Xonobod — Andijon — Izboskan — Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘paygani sababli ikkita yangi podstansiya quriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting