16-fevral kuni yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuvda TBC Bank Group PLC menejmenti 2023-yil uchun natijalarni taqdim etdi. TBC Group Uzbekistan`ning muvaffaqiyatli faoliyatiga doir muhim ko‘rsatkichlar taqdimotning diqqat markaziga aylandi. Hisobotda O‘zbekistondagi ekotizimning muhim jihatlari va yutuqlariga urg‘u berildi.

Muhim ko‘rsatkichlar:

  1. Foydalanuvchilik bazasining sezilarli darajada kengayishi: foydalanuvchilar soni sezilarli darajada oshib, 15,7 mln kishiga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich TBC Group`ning mamlakatdagi toboro kengroq faoliyatini va mijozlarning kompaniya xizmatlariga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatadi:
    • mamlakatdagi yirik to‘lov servislaridan biri bo‘lgan Payme`ning har oylik faol foydalanuvchilari (MAU) soni sezilarli darajada oshdi — 800 ming kishi — va 3,4 mlnga yetdi;
    • bir vaqtning o‘zida har kunlik faol foydalanuvchilar (DAU) soni shu davr uchun 90 ming kishiga oshib, 473 ming kishiga yetdi. TBC Group Uzbekistan`ning har oylik faol foydalanuvchilari (MAU) soni 2,3 baravarga oshdi va 965 ming foydalanuvchini tashkil qildi.
  2. Kredit portfelining shiddat bilan o‘sishi: kredit portfeli 2,3 baravarga oshib, 301,7 mln AQSh dollarini ni tashkil qildi. Bu kengayish mijozlarning TBC Group Uzbekistan takliflariga bo‘lgan ishonchini va bankning ularning moliyaviy ehtiyojlarini samarali qondira olish qobiliyatini aks ettiradi;
  3. Mijozlar mablag‘lari portfelining sezilarli darajada o‘sishi: mijozlar mablag‘lari portfeli shiddat bilan o‘sib, 219 mln dollarga yetdi. Ushbu sakrash mijozlarning TBC Group Uzbekistan depozit mahsulotlariga va xizmatlariga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatadi hamda uning bozordagi pozitsiyasini qo‘shimcha ravishda mustahkamlaydi;
  4. Daromadning sezilarli darajada yaxshilanishi: guruhning sof foydasi sezilarli darajada oshdi va 21,8 mln dollarga yetdi, bu 26% ROE (kapitalning rentabilligi) `ga teng;
  5. Bank tomonidan zararsiz ishlash va daromadlilik nuqtasiga erishilishi: TBC Group Uzbekistan 2023-yilda zararsiz ishlash nuqtasiga erishdi va uni 5,4 mln dollar miqdoridagi sof foyda bilan yakunladi. Bu bank to‘liq raqamli ekanini va bank litsenziyasi olinganidan buyon bor-yo‘g‘i uch yil o‘tganini inobatga olgan holda, ulkan yutuq hisoblanadi. Dunyodagi sanoqli banklargina bunday qisqa muddat ichida zararsiz ishlash nuqtasiga erishgan;
  6. Bankka rekord miqdorda yillik sarmoyaning kiritilishi: bunday hayratlanarli o‘sish fonida aksiyadorlar bankni barqaror va mustahkam qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. 2023-yilda 50,5 mln dollar miqdorida rekord yillik sarmoya qiritildi, bank faoliyatining uch yili davomida bank sarmoyasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarn6ing umumiy hajmi 129,9 mln dollarga yetdi;
  7. Muhim tayinlovlar: xalqaro biznes rahbari lavozimiga ilgari “Tinkoff” guruhida bosh direktori lavozimida ishlagan Oliver Xyuzning tayinlanigi TBC Group jamoasidagi muhim yangiliklardan biriga aylandi. Uning tajriba va ko‘nikmalari TBC Group Uzbekistan bosh direktor Nika Kurdiani bilan birgalikda yaqin yillarda biznesning O‘zbekistonda yanada yuqoriroq darajaga chiqishiga ko‘maklashadi. 2023-yilgi natijalar TBC Group Uzbekistan`ning hayratlanarli muvaffaqiyatini ko‘rsatadi.

“Biz nafaqat o‘sishda davom etyapmiz xodimlarimiz soni 1,2 mingga yetdi, balki bu sohada yangi standartlarni ham yaratyapmiz. Bizning missiyamiz — bank xizmatlarini shunchaki onlayn tarzda taqdim etish emas, balki moliya bozori landshaftini o‘zgartirishdir. 2023-yil — bu bizning innovatsiyalar va muvaffaqiyatli kelajak sari yo‘limizning boshlanishi”, — TBC Group Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani quyidagilarni qayd etdi.

TBC Group Uzbekistan

Bugun TBC Group Uzbekistan O‘zbekistondagi uchta fintex-kompaniyadan iborat: TBC Group Uzbekistan, “TBC Rassrochka” va Payme to‘lov servisi.

TBC Group Uzbekistan — O‘zbekistondagi birinchi didjital-banklardan biri. TBC Bank Group PLC`ning bir qismi hisoblanadi. O‘z faoliyatini 2020-yilda boshlagan TBC Group Uzbekistan o‘zining innovatsion moliyaviy texnologiyalar platformalari yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatgan va mobil ilova orqali chakana bank yechimlarini taklif qilgan holda shiddat bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunda 4 mln dan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi uyidan chiqmasdan turib bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. “Odamlarning hayotini osonlashtiramiz” — TBC Bank faoliyatining asosiy ishlash tamoyili. Raqamli texnologiyalarni hayotning barcha sohalariga ilgari surar ekan, TBC jamoasi navbatlar, ofislar, byurokratiya, murakkab jarayonlar, uzoq kutishlardan xoli bankni yaratmoqda.

Payme — O‘zbekistonning moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Butun mamlakat bo‘ylab 11,6 mln dan ortiq foydalanuvchi kundalik vazifalarni hal qilishda to‘lov ilovasiga ishonch bildirmoqda.

Payme foydalanuvchilarga kartadan kartaga o‘tkazmalarni, kommunal va davlat xizmatlari to‘lovlarini amalga oshirish, mablag‘larini boshqarish, qahvaxona va restoranlarda to‘lash va boshqa ko‘plab ishlarni bajarish imkoniyatini taqdim etadi. Payme 2012-yilda internet-ekvayring tizimi sifatida tashkil qilingan. 2016-yilda o‘zining asosiy mahsuloti — Payme mobil ilovasini ishga tushirdi. 2019-yil aprelida TBC guruhi TBC`ning 51% ulushini 5,5 mln dollarga sotib oldi, o‘sha paytda kompaniya 10,8 mln dollarga baholangandi. 2023-yil may oyida TBC Group Uzbekistan Payme servisining 113,6 mln dollarga baholangan qolgan 49% aksiyalarini sotib oldi ekotizimlaridan biri.

TBC Bank Group PLC (TBC PLC) — London fond birjasida TBCG simvoli ostida ro‘yxatga olingan va FTSE 250 indeksiga kiruvchi kompaniya. TBC PLC kompaniyasi TBC Bank AJ (TBC Bank) va kompaniyalar guruhining ona kompaniyasi hisoblanadi, 2020-yilga qadar ularning faoliyati Gruziya moliya sektorida va u bilan bog‘liq sohalarda jamlangan edi. Shuningdek TBC PLC Gruziyadagi eng yirik raqamli ekotizimlardan biri — TNET orqali nomoliyaviy xizmatlarni ham taqdim etadi. 2020-yilda TBC PLC o‘z faoliyatini O‘zbekistonga kengaytirdi.


TBC PLC London birjasida TBCG belgisi ostida kotirovka qilinadi va FTSE 250 indeksiga kiradi. Shuningdek, u FTSE4Good indekslar seriyasi va MSCI United Kingdom Small Cup indeksining a’zosi hisoblanadi.

Sayt: tbcbank.uz
Facebook: fb.com/tbcbankuz
Instagram: @tbcbankuzbekistan
Telegram: t.me/tbc_bank_uzb

Reklam huquqlari asosida.