dayjest

OKMK misni boyitish fabrikasi qurilishida tom qulab, bir necha kishi halok bo‘ldi

OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonida tom qulab, ishchilarni bosib qoldi. Bosh prokuraturaning “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi jarohatlangan.


dayjest

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi cheklovlar davom etadi

Energetika vazirligi kunning tig‘iz vaqtlarida avvalroq elektr energiyasi yetkazib berish va metan “zapravkalar” faoliyatiga nisbatan kiritilgan cheklovlar davom etishini ma’lum qildi. Holat yaxshi tomonga o‘zgargunga qadar bugun ham (20-fevral) ma’lum cheklovlar kiritilishi mumkin, deya ogohlantirdi vazirlik.


dayjest

O‘zbekistonda nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona imtiyozdan foydalanmayapti

Prezident ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham xabardor emasligini ta’kidladi. Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalangani yo‘q.


dayjest

O‘zbekistonda turkman shoiri Maxtumqulining 300 yillik yubileyi keng nishonlanadi

Bu yil O‘zbekistonda turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi nishonlanadi. “Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir”, — deyiladi prezident qarorida.


dayjest

Bag‘dod, Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumaniga, Qodirjon Erkaboyev esa Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Aziz Ergashev Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


dayjest

Toshkent viloyatidagi fabrika qurilishida jarohatlangan va halok bo‘lganlarning barchasi Hindiston fuqarolaridir — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, OKMK misni boyitish fabrikasi qurilish maydonchasida temir konstruksiyalarning qulashi oqibatida 3 ishchi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohatlandi, ularning barchasi Hindiston fuqarolari hisoblanadi.


dayjest

Yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonliklar 4 ta medal oldi

Eronda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.


dayjest

Pnevmatik, signal beruvchi va tig‘li sovuq qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda

Deputatlar qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi bo‘yicha qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi belgilanmoqda.


dayjest

Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimiga Sherali Jo‘rayev, Navoiy viloyati hokimiga esa Elbek G‘afforov o‘rinbosar etib tayinlandi.


dayjest

LOT Polish Airlines Toshkent va Varshavani muntazam reyslar bilan bog‘laydi

Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasi mart oyi o‘rtalaridan Toshkent va Varshava orasida aviaqatnovlarni boshlaydi. U pandemiyadan keyin O‘zbekiston poytaxtidan Yevropa shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan birinchi Yevropa aviakompaniyasi bo‘ladi.


dayjest

Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi

O‘zbekistonda ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat raisi yoki Qonunchilik palatasining spikeri bo‘lishi taqiqlandi. Shuningdek, deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berilishi belgilandi.


dayjest

Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Aprel oyidan Nukusdan Istanbulga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, bitta L-410 samolyoti Qoraqalpog‘istonga ichki reyslar uchun ajratiladi.


dayjest

2023-yilda farzandi ta’limida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ziyod ota-ona jarimaga tortildi

O‘zbekistonda o‘quvchilarning 14 mingdan ziyodi maktabga muntazam bormayotgani aniqlandi, deya ma’lum qildi Maktab vazirligi boshqarma boshlig‘i. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarildi. 2023-yilda farzandining ta’lim-tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona javobgarlikka tortildi.


dayjest

O‘zbekistondagi chiqindi poligonlarida iqtisodiy zonalar rejimi joriy etiladi

O‘zbekistonda chiqindi poligonlarini investitsiyalar kiritishga jozibador qilish uchun ularning bufer hududlariga maxsus iqtisodiy zonalar rejimini joriy etish, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi hamda organik usulda o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.


dayjest

O‘zbekistonda yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlik uchun soliq joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotganlarga soliq solish tizimi joriy etilishi mumkin. Ushbu chora avtomobillarni qayta sotishda chayqovchilikning oldini olishga qaratilgan. Shuningdek, daromad solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar soni kamaytirilishi mumkin.


dayjest

Yaponiya O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlarni davom ettirish uchun 246,2 mln dollar kredit ajratadi

O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Yaponiyadan 246,2 mln dollardan ortiq kredit oladi.


dayjest

“Biz nafaqaga chiqamiz, siz esa o‘rnimizga kelasiz”. Toqayev Qozog‘istonning yosh kadrlariga murojaat qildi

20-fevral kuni Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev Prezident yosh kadrlari zaxirasidagi yoshlarga murojaat qilib, avlodlar almashinuvi, davlat xizmatchilarining ish vaqti va maoshi, gender balansi masalalari haqida fikr bildirdi. “Biz nafaqaga chiqamiz, siz esa bizning o‘rnimizni egallaysiz”, — dedi u.


dayjest

Muhim normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin jamoatchilikka e’lon qilinadi

“Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishidan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot muhokamalar portaliga joylashtiriladi. Bunda jamoatchilikning taklif va tavsiyalari hisobga olinadi.


dayjest

2024-yilda O‘zbekistonni eng issiq yoz kutmoqda — O‘zgidromet

El-Nino tabiiy hodisasi tufayli O‘zbekistonda 2024-yilning yozi kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi kutilmoqda. Keyinchalik esa issiq yoz, quruq kuz va sovuq qish bilan tavsiflanadigan La-Ninya jarayoni boshlanadi. Avvalroq olimlar bu yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishini prognoz qilgandi.


dayjest

O‘zbekiston Rossiya gazi importini oshirish uchun 500 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston hukumati “shimoldan” gaz importi hajmini oshirish uchun magistral gaz tizimini 500 mln dollarga modernizatsiya qilmoqchi. O‘zbekiston hozirda bu yo‘nalish orqali Rossiya gazini oladi. Yetkazib berish hajmini kuniga 9 mln kub metrdan 32 mln kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.