dayjest

Energetika vazirligi gaz bosimi pasaygani va metan “zapravka"lar yopilganiga izoh berdi

Energetika vazirligi Buxoroda kuchli shamol tufayli elektr uzatish tarmoqlarining avariyaviy o‘chishi kuzatilgani va bu 10 ta gaz haydash agregati to‘xtashiga olib kelganini ma’lum qildi. Oqibatda magistral gaz quvurlarida bosim pasaygan va barcha metan “zapravka"lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.


dayjest

Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.


dayjest

Martda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zbekistonda bu yilgi mart nisbatan salqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Oy davomida harorat kechalari −5…+10, kunduzi +5…+22, janubda +25 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda elektr ta’minotiga cheklovlar joriy etilmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va Turkmanistondan import qilingan elektr hajmi talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmagani uchun yakshanba kuni tig‘iz vaqtlarda 400 MVtgacha cheklovlar kiritildi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ma’lumotga ko‘ra, bunga elektr uzatish liniyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan.


dayjest

Jizzaxdagi oilaviy bog‘chada qarovsiz qolgan bola ariqqa tushib ketib, vafot etdi

Do‘stlik tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2−3 nafar bola nazoratsiz qolishi tufayli ko‘chaga chiqib ketdi. Ularning biri ariqqa tushib ketib, vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Maktabgacha ta’lim agentligi mazkur bog‘cha yopilishini ma’lum qildi.


dayjest

O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida gazlangan hamda energetik ichimliklarni ichish va sotish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda bog‘cha, maktab, kollej hamda oliy o‘quv yurtlarida shirin, gazlangan va energetik ichimliklar hamda tuzi yuqori bo‘lgan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni va sotishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.


dayjest

Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar nega manzil-koloniyalarda ekani tushuntirildi

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar jazoni manzil-koloniyada o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Buning sababini Toshkent shahar sudlari tushuntirdi.


dayjest

O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirini uchta medal bilan yakunladi

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Diyora Keldiyorova oltin, Halima Qurbonova va Doston Ro‘ziyev esa bronza medallariga ega chiqdi (foto).


dayjest

O‘FA buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirgani aytilgan xabarlarni o‘rganmoqda

Championat.Asia O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirib, Turkiyaga uchib ketgani haqida xabar berdi. O‘FA ushbu holatni o‘rganayotganini bildirdi va “hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni” tarqatmaslikni so‘radi.


dayjest

O‘zbekistonda 5 yil ichida jinoyatchilik 2,3 barobarga oshgan, 2021-yildan pasayish kuzatilgan

O‘zbekistonda 2019−2023-yillarda ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 2,3 barobarga — 46 mingdan 104 mingtaga oshgan. 2021-yildagi keskin ko‘tarilishdan so‘ng bosqichma-bosqich pasayish kuzatilmoqda. Shu bilan birga, yil davomida o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar soni ortgan.


dayjest

Aleksey Navalniyning rafiqasi erining ishini davom ettirishini e’lon qildi

Bir necha kun oldin vafot etgan rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya jamoatchilikka murojaat qilib, erining ishini davom ettirishini bildirdi. U, shuningdek, tez orada erining o‘limiga kimlar aloqador ekanini aniqlab, ularning ismlarini ochiqlashga va’da berdi.


dayjest

Orol dengizi tubida navbatdagi saksovul ekish ishlari boshlandi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida idoralar hamda ekofaol yoshlar tomonidan Orol dengizi tubida saksovul ekish ishlari boshlandi. 2024-yilda jami 150−200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.


dayjest

Farmagentlik sobiq rahbari “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan uni oqlashni so‘radi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.


dayjest

AQSh sudi Donald Trampni firibgarlikda ayblab, 355 mln dollar jarimaga tortdi

Nyu-York sudi AQSh prezidentligiga da’vogar Donald Trampni moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topdi va unga 355 million dollar jarima soldi. Shuningdek, unga Nyu-Yorkdagi har qanday korporatsiyada uch yil davomida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlandi.


dayjest

Yevropa Ittifoqi TikTok ustidan tergov boshladi

Yevropa Komissiyasi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha TikTok`ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Regulyator, xususan, platforma voyaga yetmaganlarni zararli kontentdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilayotgani yoki yo‘qligini tekshiradi.


dayjest

Chust tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyorjon Salimjonov Chust tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Bekzod Hamdamov yo‘l qo‘ygan “xato va kamchiliklari” uchun ishdan olindi.