Jamiyat

Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan bolaning shaxsi aniqlanib, otasiga jarima solindi
30 may 2022, 13:08

Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan bolaning shaxsi aniqlanib, otasiga jarima solindi

Ijtimoiy tarmoqlarda R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining o‘quvchisi 3-qavatdan mushukni uloqtirgani aks etgan video tarqaldi. Voyaga yetmagan yigitning otasiga nisbatan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi bo‘yicha protokol tuzilib, u jarimaga tortildi.

«Tovuqboqarlar o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmagan» — Andijon viloyati hokimligi kreditga tovuq olib boqayotgan aholi haqida
30 may 2022, 13:04

«Tovuqboqarlar o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmagan» — Andijon viloyati hokimligi kreditga tovuq olib boqayotgan aholi haqida

Andijon viloyatida kredit asosida 200 ming donadan ortiq tovuq tarqatilgan aholi parrandalarning nobud bo‘layotganligi, kam tuxum qo‘yayotganligi va immuniteti pastligidan shikoyat qilmoqda. Kun.uz nashri bitta tovuq aholiga o‘rtacha bozor narxidan ancha qimmatga tushayotganligi haqida yozdi. Viloyat hokimligi va tovuqlarni yetkazib bergan korxona tovuqboqarlarni tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmaganlikda aybladi.

Hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunlar isiy boshlaydi
30 may 2022, 11:31

Hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunlar isiy boshlaydi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib, +35…+37 darajagacha isiydi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
30 may 2022, 11:22

Samarqandda sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Ishtixon tumanida Buxorodan kelayotgan sayyohlik avtobusi «Kamaz» bilan to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida haydovchining sherigi voqea joyida vafot etdi, bir nafar ruminiyalik sayyoh esa yengil tan jarohati oldi.

IT faqat yigitlar uchun emas, qizlar ham eplay oladi — Fazilatbonu Mengliyeva
30 may 2022, 10:32

IT faqat yigitlar uchun emas, qizlar ham eplay oladi — Fazilatbonu Mengliyeva

«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridagi IT sohasini o‘rganayotgan o‘smir qizlar bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoshimiz — xorazmlik maktab o‘quvchisi Fazilatbonu Mengliyeva. U robototexnika sohasiga qiziqishi, IT`ni YouTube`da o‘rganishni boshlagani, ota-onalar qizlariga IT sohasi bilan shug‘ullanishga ruxsat bermasligining sabablari haqida gapirib, tengdoshlariga o‘z maslahatlari bilan bo‘lishdi.

O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi
30 may 2022, 08:48

O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi

O‘zbekiston qahramoni, «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova vafot etdi. Avvalroq, u og‘ir xastalik bilan viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgandi.

Uchta viloyatda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
29 may 2022, 18:36

Uchta viloyatda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Andijon va Toshkent viloyatida fuqarolarni qo‘shni davlatlardagi OTMlarga, Jizzax viloyatida esa fuqaroni mahalliy texnikumga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Madaniy meros agentligi rahbari lavozimidan ozod etildi
29 may 2022, 15:03

Madaniy meros agentligi rahbari lavozimidan ozod etildi

Madaniy meros agentligi direktori Shaxriyor Nurulloyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U ushbu lavozimda 5 oygina faoliyat olib bordi.

Jizzaxda Pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i $2500 pora olgan vaqtida qo‘lga olindi
29 may 2022, 12:10

Jizzaxda Pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i $2500 pora olgan vaqtida qo‘lga olindi

Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilib, buning evaziga $2500 olgan vaqtida qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi
29 may 2022, 12:04

Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs ushlandi

Samarqand viloyati IIB xodimlari Paxtachi tumanida 2 guruh o‘rtasidagi ommaviy janjalning oldi olinganini ma’lum qildi. Tezkor tadbirda 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

30-maydan ehtiyojmand xotin-qizlar OTMga kirish uchun tavsiyanomaga ariza topshirishi mumkin
29 may 2022, 11:55 12

30-maydan ehtiyojmand xotin-qizlar OTMga kirish uchun tavsiyanomaga ariza topshirishi mumkin

Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanomaga talabgorlar hujjatini 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qiladi.

29 may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon tufayli vaqtincha yopiladi
28 may 2022, 22:48

29 may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon tufayli vaqtincha yopiladi

29 may kuni IIO xodimlari o‘rtasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalar 07:00 dan 11:00 gacha avtotransportlar harakati uchun yopiladi.

Oliy sudga 10 yillik muddatga ikki nafar sudya saylandi
28 may 2022, 16:48

Oliy sudga 10 yillik muddatga ikki nafar sudya saylandi

Senatning 26-yalpi majlisida Turg‘unali Mirzayev va Nurali Raxmonovni Oliy sud sudyasi lavozimiga 10 yillik muddatga saylash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Har ikkisi ham sudya sifatida kamida 10 yillik tajribaga ega.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi
28 may 2022, 16:19

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi

Senatorlar ma’qullagan qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Adliya vaziri imkoniyati cheklanganlar 2−3 mln nafardan ko‘proqligi, shu bois xarajatlarni qoplab berish tartibi bo‘yicha alohida nizom ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Har bir nogironligi bo‘lgan shaxsga kompensatsiya berishning imkoni bo‘lmaydi», — dedi Ruslanbek Davletov.

Senat yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
28 may 2022, 14:05

Senat yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Senatorlar yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. «Snos»ga tushgan hududda joylashgan yerga 15 yil davomida halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslar soliqlar to‘lab kelgani tasdiqlansa, mulk qiymatining o‘rni qoplanadi.

Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobon rekonstruksiya qilinadi
28 may 2022, 10:43

Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobon rekonstruksiya qilinadi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Gruziyaning O‘zbekistondagi elchisi Zurab Abdushelishvili bilan uchrashuvda Shota Rustaveli haykali atrofidagi xiyobonni rekonstruksiya qilishga kelishib oldi. Hozirda uning loyihasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, Gruziya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi kutilayotgani ham ma’lum qilindi.

Nima tayyorlaymiz: turli xil somsalar
28 may 2022, 10:15

Nima tayyorlaymiz: turli xil somsalar

«Parmuda», «trio», dangasa somsa, turkcha somsa, kabob-somsa, mini-somsalar, cho‘pchalarga terib pishirilgan go‘shtli va ko‘katli somsa — Zira.uz 8 xil somsani tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

27 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 may 2022, 22:00

27 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

OTMlarda chet tilidan o‘tkaziladigan ijodiy imtihon shartlari, «O‘zbekneftgaz» AI-80 benzini narxini oshirgani, eng ko‘p Andijondan tushayotgan korrupsiya bo‘yicha murojaatlar, iyuldan ishga tushishi kutilayotgan «Raqamli mobil pasport», dam olish kunlaridagi yog‘ingarchilik va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 27 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
27 may 2022, 19:18

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Abdumalik Nazirov «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u Energetika vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Toshkentda arzon benzin olib berish evaziga tadbirkorning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi
27 may 2022, 18:43

Toshkentda arzon benzin olib berish evaziga tadbirkorning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida arzon narxda AI-80 markali benzin olib berishni va’da qilgan bir nechta shaxslar tadbirkorning 1,4 mlrd so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting