Jamiyat

2020 yildan hozirgi kungacha is gazidan zaharlanish oqibatida 366 kishi vafot etdi
24 may 2022, 15:07

2020 yildan hozirgi kungacha is gazidan zaharlanish oqibatida 366 kishi vafot etdi

2020 yildan boshlab 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgan. Natijada 366 nafar fuqaro vafot etgan va 307 kishi turli darajada jarohat olgan. Senatorlar o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada o‘z samarasini bermayotganini tanqid qildi.

Yanvardagi “blekaut” sababli iste’molchilarga 5,7 mlrd so‘m qaytarildi
24 may 2022, 12:27

Yanvardagi “blekaut” sababli iste’molchilarga 5,7 mlrd so‘m qaytarildi

25−27 yanvar kunlari butun O‘zbekistonda kuzatilgan energotizimdagi uzilishlar oqibatida “Toshissiqquvvati” korxonasi aholiga belgilangan normada issiqlik energiyasi yetkazib bermaganligi aniqlandi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkent bo‘yicha 4,5 mlrd so‘m, 9 ta hudud bo‘yicha esa 1,222 mlrd so‘m mablag‘ni iste’molchilarga qaytarishga erishdi.

Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni bog‘lovchi yerosti tunneli topildi
24 may 2022, 11:53

Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni bog‘lovchi yerosti tunneli topildi

Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan O‘zbekiston bilan chegarada 270 metrlik tunnel aniqlandi. Uning yordamida ikki mamlakatga bemalol o‘tish mumkinligi, tunnelni qaziganlikda gumon qilinayotgan shaxs esa ruhiy kasalliklar shifoxonasida ekanligi aytilmoqda.

Chirchiqda maktab o‘quvchilari keksa erkakni kaltaklashdi
24 may 2022, 10:42

Chirchiqda maktab o‘quvchilari keksa erkakni kaltaklashdi

Chirchiqda ikki nafar maktab o‘quvchisi 58 yoshli erkakni sababsiz kaltakladi. Tergov harakatlari boshlangan. IIB vakillari ushbu o‘quvchilar istiqomat qiladigan mahallada bo‘lib, ota-onalar va aholi bilan suhbatlashdi.

Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
24 may 2022, 10:19

Abdulaziz Kamilov Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi

Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal bin Farxan bin Abdulla bilan muloqot qildi. Saudiya tomoni Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan va suhbat chog‘ida so‘nggi mintaqaviy hamda xalqaro o‘zgarishlar muhokama qilingan.

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi
24 may 2022, 09:33

Sirdaryodagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Xovos tumanida Lacetti va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi, jumladan, kichik yoshdagi bolalar halok bo‘ldi. Bir kishi jarohatlandi.

Samarqandda 713 tup giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxslar ushlandi
24 may 2022, 09:21

Samarqandda 713 tup giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxslar ushlandi

Pastdarg‘om tumanida 3 nafar shaxs 4 sotix yer maydonida 610 tup marixuanani, Payariq tumanida esa fuqaro o‘z uyida 103 tup ko‘knori giyohvand o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

23 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 may 2022, 22:00

23 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda maymun chechagi qayd etilmaganini aytgan Nurmat Otabekov, respublikada joriy qilinadigan sportchilarni tayyorlashning yangi tizimi, qornida salfetka qolib ketgan 26 yoshli andijonlik ayol, Oltinko‘l tumaniga hokim bo‘lgan hokim yordamchisi, rekonstruksiya qilinadigan Qarshi aeroporti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 23 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Bekoboddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi
23 may 2022, 19:03

Bekoboddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

Bekobodda «VAZ-2104» va «Cobalt» avtomashinalari to‘qnashib, ikki kishi (ulardan biri 2022 yilda tug‘ilgan) vafot etdi, uchtasi kasalxonaga yotqizildi.

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi
23 may 2022, 16:58

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev o‘rindoshlik asosida mamlakatning Vengriyadagi diplomatik vakolatxonasini ham boshqaradi.

Andijonda shifokorlar 26 yoshli ayol qornida salfetkani unutib qoldirdi
23 may 2022, 16:28

Andijonda shifokorlar 26 yoshli ayol qornida salfetkani unutib qoldirdi

Asaka tumanida tug‘ruqxona shifokorlari 26 yoshli ayolning qornida salfetkani unutib qoldirgani oradan 10 oy o‘tib ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimligi salfetka jarrohlik amaliyoti bilan olib tashlangani va bemorning salomatligi bo‘yicha shikoyati yo‘qligini ma’lum qildi. Tarmoqlarda tarqalgan video esa boshqa shifokorlarga o‘rnak bo‘lishi uchun suratga olingani va noma’lum shaxs tomonidan tarqatib yuborilgani aytilmoqda.

Toshkent shahri va viloyatida katta miqdorda turkman manatini sotishga urinishdi
23 may 2022, 14:15

Toshkent shahri va viloyatida katta miqdorda turkman manatini sotishga urinishdi

Huquqni himoya qilish organlari Toshkent shahri va viloyatida 290 ming turkman manatini sotishga uringan to‘rt nafar shaxsni qo‘lga oldi.

O‘zbekistonda maymun chechagi qayd etilmadi — Nurmat Otabekov
23 may 2022, 12:54

O‘zbekistonda maymun chechagi qayd etilmadi — Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov 14 ta davlatda tarqalgan maymun chechagi infeksiyasi O‘zbekistonda qayd etilmaganini ma’lum qildi. Ayni paytda JSST tavsiyalaridan kelib chiqib ushbu infeksiyaning mamlakatga kirib kelmasligi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Uning ishontirishicha, bunday holatda kasallik ommaviy epidemiya tarzida tarqalib ketmaydi.

Hafta davomida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
23 may 2022, 12:20

Hafta davomida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo kam bulutli va iliq bo‘ladi. Seshanbadan kunlar yana isiy boshlaydi, harorat +37 darajagacha ko‘tariladi. Juma kuni esa ayrim joylarda qisqa yomg‘ir yog‘adi. Haftaning ikkinchi yarmidan shamol kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

«23:00 dan keyin yurish mumkin emas». Samarqandda turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llashdi
23 may 2022, 12:04

«23:00 dan keyin yurish mumkin emas». Samarqandda turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llashdi

Samarqand IIB xodimlari bir nafar qozog‘istonlik va ikki nafar mahalliy turistga nisbatan elektroshoker qo‘llagan holda majburan bo‘limga olib borishdi. Videolarda xodimlar shaharda «Xavfsiz tun» tadbiri olib borilayotgani va soat 23:00 dan keyin ko‘chada yurish mumkin emasligi hamda ularga «reja» qo‘yilganini ta’kidlashgan. IIV «xodimlar xizmat vazifasi va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilganini» ma’lum qildi.

Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda
23 may 2022, 10:14

Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda

Samarqand va Namangan viloyatlarida ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda, buning isboti esa video lavhalarda aks etgan. Samarqandda ichki ishlar xodimi ayol kishini prokuratura binosidan chiqarishga urinayotganida o‘z qo‘li bilan xizmat kiyimidagi pogonini yulib tashlagan, buning uchun esa sud ayolni aybdor deb topgan. «Ezgulik» jamiyati tergov va sud ishi qonunga zid olib borilganini aytmoqda. Namangandagi holatda esa YPX xodimi haydovchi bilan tortishib, unga boshi bilan zarba bergan, inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Sergeli bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi devorlarning ayrimlari qulab tushdi
23 may 2022, 10:04

Sergeli bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi devorlarning ayrimlari qulab tushdi

May oyi boshida ochilgan Sergeli tumanini Toshkent markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi ayrim devorlar kuchli shamol oqibatida qulab tushdi. Hokimiyat pudratchi devorlarni mustahkam o‘rnatmagani va u hozirda devorlarni qayta ta’mirlayotganini ma’lum qildi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi avariyada 9 kishi halok bo‘ldi
21 may 2022, 18:31

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi avariyada 9 kishi halok bo‘ldi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yirik YTH sodir bo‘ldi. Buldozer ortilgan avtotreyler haydovchisi chegara o‘tkazish punktida turgan 12 ta avtomobilga borib urildi. IIV 9 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarda 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi
21 may 2022, 18:13

Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarda 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi 73 ta muassasada 3 oy ichida 11,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, ortiqcha ish haqi va boshqalarga 912,2 mln so‘m sarflangani, 3 ta tashkilotda aniqlangan 259 mln so‘mlik xatoda esa jinoyat alomati mavjudligi aniqlandi. Natijada 4 nafar mansabdor ishdan olindi, 31 nafari intizomiy jazoga, 1 nafari esa jarimaga tortildi.

DXX Sirdaryoda yana ikkita noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘ydi
21 may 2022, 14:12

DXX Sirdaryoda yana ikkita noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘ydi

DXX Guliston shahrida ikkita noqonuniy mayning-ferma faoliyatiga chek qo‘ydi, birinchi holatda fuqaro 19 dona mayning qurilmasini o‘rnatgani aniqlandi. Ikkinchi holatda esa toshkentlik fuqaro 148 dona mayning qurilmasi yordamida fevraldan beri 40 ming dollarga teng kriptovalyuta ishlab chiqargani aytilmoqda. Ular elektr energiyadan noqonuniy foydalanib, davlatga 660 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting