Shaxriyor Nurulloyev Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda «Nigoh» Telegram kanali xabar berdi.

U Madaniy meros agentligi direktori lavozimiga 2021 yilning dekabr oyida tayinlangandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlagan.