Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ushbu tavsiyanomalarga talabgorlarning hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinishini ma’lum qildi.
Tavsiyanoma olishga talabgorlar:
- kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);
- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yohud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
- turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
- nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, itjimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar bo‘lishi kerak.
Ma’lumot uchun, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
Islom Abduqaxorov
kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);
Nafisa Alijanova
Men Alijonova Nafisa Namangan viloyati Pop tumani Toʻda qishlogʻida tugʻilganman. Men Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratilgan kvotani olmoqchiman
Xurwida Amanova
Men Abdulazizova Shahina Fargona viloyati Margilon shahrida tugilganman. Men Oilava xotin-qizlar davlat qomitasi tavsiyanomasiga ega bolgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qoshimcha 4foizli grand ajratilgan kvotani olmoqchiman
O'g'iloy Hayitova
Men ham kam taminlangan va boquvchisini yuqotgan oilada yashayman va OTM ga kirishda qushimcha grand ajratilgan kvotani olmoachiman
O'g'iloy Hayitova
Hujjatlarni topshirgandik lekin rad etishibdi qaerga murojaat qilish kerak
Shoxista
Мен эркинова Шохиста Хотин кизлар сайтига онлайн ариза топширгандик. Лекин ариза рад этилди
Islom Islomov
Assalomu aleykum. Men kam ta'minlangan oilada yashayman. OTM ga kirish uchun qo'shimcha davlat grantini olmoqchiman. Ariza topshirsam bo'ladimi
МУХАММАД'АЛИ
Assalomu aleykum men kam taminlangan oilada yashayman bir nafar farzandim bor yolgʻiz onaman OTM ga kirish uchun tavsiyanomaga ariza bergandim lekin rad etildi deb keldi nima qisam boʻladi