Toshkentda arzon narxda benzin olib berish uchun tadbirkorning pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.N. va boshqalar «E» MCHJ rahbari N.ning ishonchiga kirib, unga arzon narxlarda AI-80 markali benzin yoqilg‘isini olib berishni va’da qilganligi aniqlangan. J.N. va uning sheriklari tadbirkorning 1,4 mlrd so‘m mablag‘ini «A.I.» MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.