Samarqandda ommaviy janjal uyushtirmoqchi bo‘lgan 16 nafar shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Paxtachi tumanida 2 guruh o‘rtasidagi janjalning oldi olindi. Ma’lumotga ko‘ra, ushbu guruhlar tumandagi «Qoraqo‘ton» ma’danli maydonida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullanishda gumon qilingan.

Janjalning sababi sifatida «hudud talashish» ko‘rsatilmoqda.

Tezkor tadbir davomida 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.