Nazirov Abdumalik Abdusalimovich «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Abdumalik Nazirov bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, kompaniya Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.