«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda 8 xil somsani tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Parmuda» somsasi


Andijonda tavallud topgan to‘rtta bir-biriga yopishtirilgan go‘shtli issiqqina somsalar — juda mazali va xushbo‘y. Ularni odatda tandirda tayyorlashlariga qaramay, gaz pechida tayyorlasa ham juda mazali bo‘ladi.

Qumoq xamirdan turkcha somsa


Uyda tayyorlangan turkcha somsa — mehmonlarni ajablantiradigan ajoyib taom. U xushta’m va sersuv asos, hamda qumoq xamirdan iborat. Ushbu somsalar noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lib, barchani hayratda qoldiradi.

«Trio» somsasi


Uchta asosga ega, juda mazali va noodatiy somsa retsepti. Mazali 3 xil asos va qarsildoq xamir — bundanda mazaliroq somsa topish qiyin, bizningcha.

Kabob-somsa


Oddiy somsa bilan mehmonlarni hayratlantirish qiyin, shuning uchun biz sizga go‘shtli, tayoqchalarga tiqib pishirilgan — kabob somsa tayyorlash usulini havola qilamiz. Og‘izda eriydigan yumshoq xamir, xushbo‘y asosi va taomning antiqa ko‘rinishi bayram dasturxoningizga ko‘rk bag‘ishlaydi.

Mini-somsalar


Go‘shtli nachinkaga ega mini-somsalar kattayu kichikka birdek yoqishi aniq. Bunday somsalarni qatlama xamirdan tayyorlashingizni maslahat beramiz. Do‘mboq, xushbo‘y, uyda pishirilgan ushbu somsachalar hech kimni befarq qoldirmaydi.

Cho‘pchalarga terib pishirilgan ikki xil asosli somsa


Ham go‘shtli ham ko‘katli somsa sevuvchilar uchun ikki xil asosli somsa. Bu usulda qatlama xamir oson tayyorlaniladi, asosini esa ta’bingizga qarab tanlashingiz mumkin.

Dangasa somsa


Qatlamali xamirdan tayyorlangan rulet shaklidagi go‘shtli somsa — juda mazali bo‘lib pishadi. Xamirni uzoq tayyorlashingiz va undan somsalar hosil qilishingiz shart emas, tayyorlash jarayoni juda oson bo‘lib, natijasi sizni xursand qiladi.

Tayyor xamirdan qilingan go‘shtli somsa


Ko‘nglingiz hoziroq somsa tusab qolsa, tayyor xamirdan foydalanish mumkin. Bu retsept bo‘yicha tez va shirin somsalar tayyorlanadi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.