29 may kuni Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalar soat 07:00 dan 11:00 gacha avtotransportlar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda IIV YHXX matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan:

  • Islom Karimov ko‘chasi Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
  • Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Afrosiyob va Beshyog‘och chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab, Olmazor va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasigacha.

Ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi. YHXBB barcha haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilishlarini so‘radi.