Jamiyat

Karate federatsiyasining sobiq rahbarlariga nisbatan ish ochildi
16 iyul 2022, 20:32

Karate federatsiyasining sobiq rahbarlariga nisbatan ish ochildi

Bosh prokuratura Karate federatsiyasining sobiq rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ular hujjatlarni qalbakilashtirish va o‘ta yirik miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

Rossiya bilan muntazam avtobus qatnovi tiklanmoqda
16 iyul 2022, 20:00

Rossiya bilan muntazam avtobus qatnovi tiklanmoqda

Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari 18 iyuldan haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

Davlat organi xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi
16 iyul 2022, 18:35

Davlat organi xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Qashqadaryoda davlat organiga tegishli xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Qorako‘l maktabi o‘quvchisi Xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori bo‘ldi
16 iyul 2022, 15:59

Qorako‘l maktabi o‘quvchisi Xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori bo‘ldi

Norvegiyada bo‘lib o‘tgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

«Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumi boshlandi
16 iyul 2022, 15:56

«Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumi boshlandi

15 iyuldan «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu safar qariyb 900 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Navbatdagi mavsumda har bir bosqichga 20 kundan — jami 60 kun muddat beriladi. Qoraqalpog‘istonda esa tashabbusli budjet jarayoni bir oy farq bilan o‘tkaziladi.

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani rad etildi
16 iyul 2022, 15:24

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani rad etildi

FVVning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Hozirda Oqsuv-Ayuli kasalxonasida jarohatlangan besh nafar o‘zbekistonlik davolanmoqda.

Jamshid Xodjayev bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullandi
16 iyul 2022, 14:37

Jamshid Xodjayev bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qullandi

Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjayev nomzodi ma’qullandi. Bungacha u qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Sardor Umurzakov prezident Administratsiyasiga rahbar bo‘ldi
16 iyul 2022, 14:13

Sardor Umurzakov prezident Administratsiyasiga rahbar bo‘ldi

Sardor Umurzakov prezident Administratsiyasi rahbari lavomiziga tayinlandi, shu munosabat bilan u bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.

Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi kuzda bo‘lib o‘tadi
16 iyul 2022, 13:56

Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi kuzda bo‘lib o‘tadi

IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi 24−28 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Forum mavzusi: «Rassom va jamiyat: kelajak san’ati konsepsiyasi». 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli biyennale o‘tkazilmagandi.

“CSI”: riteylerlar qanday qilib kassirlar yetishmovchiligini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari orqali hal qiladilar
16 iyul 2022, 13:00

“CSI”: riteylerlar qanday qilib kassirlar yetishmovchiligini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari orqali hal qiladilar

“CSI” kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin riteylerlar nima uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini o‘rnatishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Rossiyada tadbirkor o‘zbekistonlik migrantlarga zo‘ravonlik qilgani va hujjatlarini olib qo‘ygani aniqlandi
16 iyul 2022, 11:44

Rossiyada tadbirkor o‘zbekistonlik migrantlarga zo‘ravonlik qilgani va hujjatlarini olib qo‘ygani aniqlandi

Volgograd viloyatida tadbirkor o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kuch ishlatib, ularning hujjatlarini olib qo‘ygani va oylik maoshini ham to‘lmagani aniqlandi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya huquq-tartibot organlari bilan ish beruvchini jinoiy javobgarlikka tortishga erishdi.

Sirdaryoda FVV xodimlari cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi
16 iyul 2022, 11:09

Sirdaryoda FVV xodimlari cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

Yangiyer shahridan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanaliga tushib ketgan 13 yoshli o‘smir FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Aprel oyida mazkur kanalda cho‘milgan 17 yoshli bola cho‘kib ketgandi.

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi, uch nafari jarohatlandi
16 iyul 2022, 10:56

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi, uch nafari jarohatlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchradi. Ikki nafari vafot etgan, uch nafari shifoxonada. O‘zbekiston FVV jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Qozog‘iston rasmiylari bilan aloqada.

Nima tayyorlaymiz: Nonushtalar
16 iyul 2022, 09:59

Nima tayyorlaymiz: Nonushtalar

Menemen, skrembl, kruassan sendvichlar, pishloq va kartoshkali chalpak, tvorogli pankeyklar, tuxumli lavash, mini pankeyklar — Zira.uz turli xil mazali nonushtalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Ikki yil ichida Qozog‘iston bilan chegaradagi to‘rtta bojxona posti rekonstruksiya qilinadi
16 iyul 2022, 09:29

Ikki yil ichida Qozog‘iston bilan chegaradagi to‘rtta bojxona posti rekonstruksiya qilinadi

2022−2023 yillarda Qozog‘iston bilan chegaradagi «Dovut-ota», «G‘ishtko‘prik», «Navoiy», «S.Najimov» bojxona postlari to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Ta’mirlash jarayoni qo‘shni mamlakat bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Futbol o‘yinida Sevimli telekanali jurnalisti kaltaklangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15 iyul 2022, 22:43

Futbol o‘yinida Sevimli telekanali jurnalisti kaltaklangan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura O‘zbekiston-Iroq futbol uchrashuvida Sevimli telekanali jurnalisti ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergovni Bosh prokuratura nazorat qiladi.

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi
15 iyul 2022, 22:10

Parlament komissiyasi Qoraqalpog‘istondagi voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi

Senat va Qonunchilik palatasi Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzdi. Unga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qiladi.

15 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 iyul 2022, 22:00

15 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Samarqandni ziyorat qilgan Mirziyoyev va Berdimuhamedov, metanning narxi oshganiga izoh, antikorrupsiya bo‘yicha ishlari baholangan tashkilotlar, muhokamasi yana cho‘zilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, o‘qishni ko‘chirishga onlayn qabul va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish muddati 27 iyulgacha uzaytirildi
15 iyul 2022, 21:44

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish muddati 27 iyulgacha uzaytirildi

Hukumat qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 27 iyulgacha, chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa 17 iyulgacha uzaytirildi.

Foto: Berdimuhamedov Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga bordi
15 iyul 2022, 16:44

Foto: Berdimuhamedov Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga bordi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrifini Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Undan so‘ng, ikki davlat yetakchilari Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoniga ham borishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting