O‘zbekistonlik o‘quvchi Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.

6−16 iyul kunlari o‘zbekistonlik o‘quvchilar Norvegiyaning Oslo shahrida 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etishdi. Unda dunyoning 104 ta davlatidan 589 nafar o‘quvchi qatnashdi.

Ushbu olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, medal sohibi oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. Shuningdek, bronza medali uchun Lazizbek Rajabboyev 60 mln so‘m, uning o‘qituvchisi esa 45 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.