Jamiyat

Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi
13 iyul 2022, 17:44

Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish, «ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot olib borish hamda xorijlik ekspertlar ishtirokida ilmiy anjumanlar tashkil etish maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi.

17−22 iyul kunlari harorat 47 darajagacha isib ketishi kutilmoqda — O‘zgidromet
13 iyul 2022, 17:35

17−22 iyul kunlari harorat 47 darajagacha isib ketishi kutilmoqda — O‘zgidromet

17−22 iyul kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida havo xarorati +41 darajadan +47 darajagacha, xususan, Toshkent shahrida +45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Buni sinoptiklar mintaqadan jaziramani «surib haydab yuboradigan» sovuq antitsiklon oqimlari mavjud emasligi bilan izohlashmoqda.

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi
13 iyul 2022, 17:03

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi

Qoraqalpog‘istonda komendantlik vaqti 23 dan soat 5 ga qadar etib qisqartirilmoqda, bunga qadar soat 21 dan soat 7 gacha edi. Respublikadagi vaziyat barqarorlashgani tufayli prezident hududda favqulodda holat rejimini yumshatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan ayolning eriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13 iyul 2022, 15:16

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan ayolning eriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toyloq tumanida 30 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilgandi. Sud-tibbiy ekspertiza marhumaning tanasida yengil tan jarohatlari mavjudligini aniqladi. Marhumaning turmush o‘rtog‘iga nisbatan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.

Jarimasi mavjud transportlar YPX postlarida to‘xtatiladi
13 iyul 2022, 14:32

Jarimasi mavjud transportlar YPX postlarida to‘xtatiladi

Hukumat qarori bilan 13 iyuldan YPX postlarida transportlar jarimalari bor yoki yo‘qligiga qarab, «yashil» va «qizil» yo‘laklarga yo‘naltiriladi. Qarzdorligi bor haydovchilar shu joyning o‘zida to‘lovni amalga oshirsa, harakatda davom etishiga ruxsat beriladi, aks holda esa mashina jarima maydonchasiga qo‘yiladi.

Samarqandda 17 yoshli yigit aybi bilan yuzaga kelgan avariyada ikki kishi vafot etdi
13 iyul 2022, 12:40

Samarqandda 17 yoshli yigit aybi bilan yuzaga kelgan avariyada ikki kishi vafot etdi

Samarqandda 17 yoshli yigit singlisining dugonalarini Cobalt avtomobilida olib ketayotganda YTH sodir etdi, buning oqibatida ikki nafar qiz vafot etdi. Boshqa bir avariyada esa dvigateli o‘chib qolgan Damas`ni itarib ketayotgan haydovchi orqadan yuk mashinasi urishi oqibatida halok bo‘ldi.

«O‘zbek taksisi paraplanda uchishdan xavfliroq». Paraplanchi o‘z mashg‘uloti haqida
13 iyul 2022, 12:28

«O‘zbek taksisi paraplanda uchishdan xavfliroq». Paraplanchi o‘z mashg‘uloti haqida

Chorvoq paradromi dunyoda paraplanda uchish oson bo‘lgan kam sonli joylardan biridir. Parvoz qilish istagidagilarga bu baxtni o‘zbek paraplanerizmi kashshofi Vyacheslav Chesenko tortiq etmoqda. «Gazeta.uz» undan shogirdlari, ko‘zi ojiz yo‘lovchilar, o‘zbek paraplanerizmi tarixi va rivojlanishi haqida so‘radi.

O‘zbekistonga yana jazirama kunlar kirib kelmoqda
13 iyul 2022, 11:51

O‘zbekistonga yana jazirama kunlar kirib kelmoqda

Eron hududlaridan issiq va quruq havo kirib kelishi natijasida payshanba kunidan boshlab hafta yakunigacha O‘zbekistonda harorat +41 darajagacha ko‘tariladi. Janub va cho‘l hududlarda 43 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Sirdaryoda to‘rt nafar yoshlar ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatganlikda gumonlanmoqda
13 iyul 2022, 11:44

Sirdaryoda to‘rt nafar yoshlar ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatganlikda gumonlanmoqda

Mirzaobod tumanida 18−24 yoshlar orasidagi to‘rt nafar fuqaro «Tavhid va jihod katibasi» terrorchilik tashkiloti ta’sirida ekstremistik mazmundagi audio-video materiallarni tanishlari orasida targ‘ib qilib kelganlikda ayblanmoqda. Sud gumondorlarni aybdor deb topsa, 5 yildan 8 yilgacha qamalishi mumkin.

Havoni ifloslantirayotgan beshta gips ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
13 iyul 2022, 11:00

Havoni ifloslantirayotgan beshta gips ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ekologiya qo‘mitasi Farg‘ona viloyatida havoni ifloslantirayotgan beshta gips ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib, majburiy ko‘rsatmalar bergandi. Qo‘mita korxonalar berilgan muddatda ko‘rsatmani bajarmagani uchun ularni sudga berdi.

Qashqadaryoda ayol eri va uning qarindoshlari tomonidan «samosud» qilindi
13 iyul 2022, 10:06

Qashqadaryoda ayol eri va uning qarindoshlari tomonidan «samosud» qilindi

Qashqadaryoda ayol o‘zining eri va uning qarindoshlari tomonidan kaltaklandi. Viloyat IIB bunga ayol boshqa fuqaro bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgani sabab bo‘lganini aytmoqda. Ayolni bog‘lab qo‘yib, sochini kesib, kaltaklagani va qamchi bilan muttasil urgani uchun gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

27 ta tuman va shaharda innovatsiya bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi
13 iyul 2022, 09:49

27 ta tuman va shaharda innovatsiya bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

O‘zbekistonning to‘rt yilga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Bu vaqt davomida innovatsion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimi yaratiladi. 26 ta tuman va bitta shaharda innovatsiya bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

OTM talabalardan «obxodnoy» to‘ldirishni talab qilishi prezident farmoniga zid — Adliya vazirligi
13 iyul 2022, 00:10

OTM talabalardan «obxodnoy» to‘ldirishni talab qilishi prezident farmoniga zid — Adliya vazirligi

Ayrim OTMlarda prezident farmoniga zid ravishda talabalardan «aylanma varaqa»ni qog‘oz shaklda to‘ldirib kelish talab etilmoqda. Adliya vazirligi o‘tkazgan tekshiruvlarda bu o‘z tasdig‘ini topdi. Oliy ta’lim vazirligi va tegishli OTMlarga prezident farmoni ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.

O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan ilk xalqaro adabiy festival nega to‘xtatildi?
12 iyul 2022, 20:24

O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan ilk xalqaro adabiy festival nega to‘xtatildi?

sentabr oyida Toshkent va Buxoroda xalqaro adabiy festival o‘tkazilishi kutilayotgandi. Biroq, tadbir dasturi, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lishiga qaramay, mahalliy hamkor — Yozuvchilar uyushmasi tashkilotchilar safidan chiqdi va festival to‘xtatildi. «Gazeta.uz» Yozuvchilar uyushmasidan izoh ololmadi.

«IT sohasi faqat aqllilarniki emas, bu soha sabrlilarniki» — Mastercard dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov
12 iyul 2022, 16:32 1

«IT sohasi faqat aqllilarniki emas, bu soha sabrlilarniki» — Mastercard dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov

Mastercard kompaniyasi dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Biz undan davlat organlari va xususiy sektorda ishlash o‘rtasidagi farqlar, AQShdagi o‘qish va Mastercard`dagi ishi, shuningdek, yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.

Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi $1500 pora bilan qo‘lga tushdi
12 iyul 2022, 16:29

Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi $1500 pora bilan qo‘lga tushdi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi 1500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida huquq-tartibot organlari tomonidan ushlandi. Gumondorning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, u 5 yilgacha qamalishi mumkin.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikkita chegara bojxona punkti ochildi
12 iyul 2022, 14:20

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikkita chegara bojxona punkti ochildi

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati qayta tiklandi. Ular faqat kunning yorug‘ vaqtlari ishlaydi.

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi
12 iyul 2022, 10:29 4

Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.

«Toshkent-O‘sh» trassasidagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi
11 iyul 2022, 16:20

«Toshkent-O‘sh» trassasidagi avariyada ikki kishi halok bo‘ldi

«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelgan YTH oqibatida «Isuzu» yuk mashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Haydovchi harakat vaqtida uxlab qolgani aytilmoqda.

Senatorlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonunni ma’qulladi
11 iyul 2022, 15:45

Senatorlar aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonunni ma’qulladi

Senat favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, uning oqibatlarini bartaraf etish, moliyaviy va moddiy resurslar ajratish tartibi belgilab berilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting