“CSI” kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarining afzalliklari va ular qanday qilib biznesga foyda keltirishi haqida so‘zlab berdi.

“Peshtaxta” orqali xizmat ko‘rsatish deyarli oldingi zamonda qoldi — uning o‘rnini mahsulotlarni peshtaxtalardan mustaqil olib, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish formati egalladi. Zamonaviy supermarketlarda barchasi a’lo darajadagidek: yorqin keng savdo zallari, samarali yoritish tizimlari, barra mahsulotlar xilma-xilligi, yo‘lga qo‘yilgan xususiy ishlab chiqarish tizimi va pishiriqlar bo‘limi. Bularning barchasi mijozlarni o‘ziga jalb etadi va ular xarid jarayonidan zavq oladilar, ammo kassa chizig‘iga kelganda bularning bari yo‘qga chiqadi.

Navbatlarlarni bartaraf etish

Agarda siz do‘konning “sust” ish soatlarida kelsangiz xaridni tez amalga oshirasiz. Muammolar esa ko‘plab xaridorlar bir vaqtda kelganda boshlanadi. Ushbu holat har qanday do‘konda — kechki payt, tushlik paytida va bayram kunlari yuzaga keladi. Shunda keng savdo zali tirbandlikni bartaraf etish uchun yordam bersa, kassada uning planirovkasi sababli uzun navbatlar yuzaga keladi. Navbatlar — bu yomon emas. Agarda xaridor o‘z vaqtini yo‘qotishi, boshqa iloji yo‘qligini anglashidan negativ kelib chiqsa — bu yomon ko‘rsatkich.

Kim ushbu masalani samarali yechsa, o‘sha ko‘proq xaridorlarni jalb qiladi.

“Tig‘iz paytlardagi” personal yetishmovchiligi

Riteylerning vazifalaridan biri — bu kassa uchun ishchilarni topish, ularga ish o‘rgatish va ularni ushlab qolish. Ko‘pchilikda bu borada muammo kelib chiqadi, kassirlarni topish qiyin va ular yetishmaydi. Kimdur uchun kuni bo‘yi, ammo ko‘pchilik uchun “tig‘iz paytlarda” bu yetishmovchilik katta muammolarni keltirib chiqaradi. Shtatni to‘ldirish ham kassirlarni bir necha soatlik smenaga chaqirish ham yordam bera olmaydi. Natijada kassalarda uzun navbatlar paydo bo‘ladi va bu holat xaridorlarni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari — ikki muammoning yechimi

Bir tarafda — “tig‘iz paytlarda kassa navbatlarida zerikadigan xaridorlar, boshqa tarafda — ularga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarning yetishmovchiligi. Buning yechimi — o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalari. Ushbu kassalar kassirlar ishini yengillashtiradi va kassadagi tirbandliklarni kamaytiradi.


Tarjima: 1. Yana kassirlarni ishga olish? 2.Kassirlar o‘rniga xaridorlarni “ishga olish”.

Vaqtni yo‘qotish istamasangiz, mustaqil tarzda mahsulotlarni skanerlashingiz va kassirning yordamisiz to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun yetarlicha kassalar bor.


Tajribaga ko‘ra, xaridorlar ushbu usulni mamnuniyat bilan tanlaydilar. Rossiyada 54 foiz savdo tarmoqlari o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalaridan foydalanadi. Xaridorlar esa ushbu usulni qulay va oson deb hisoblaydilar. Kassalar o‘rnatilganidan so‘ng, ilk 1−2 oyda o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalaridan o‘rtacha 50 foiz xaridorlar foydalanishni boshlaydi, keyinroq — 70 foizgacha. Boshlanishiga mijozlarda ko‘nikma hosil qilish kerak — keyinchalik esa barchasi o‘z o‘rniga tushadi.

4−6 kassadan tashkil topgan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish orolchasiga bittagina yordamchi kerak bo‘ladi. Shunday qilib, riteyler ortiqcha harajatlarni ham kamaytiradi. Uskuna 24/7 tartibda ishlaydi. Uskuna do‘konga zamonaviy ko‘rinish beradi va ko‘plab yoshlarni jalb qiladi hamda naqd pulsiz to‘lovlar foizini oshiradi. Ijobiy taraflar ko‘p, ammo bitta nozik tomoni bor.

O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishni tatbiq etish muammo bo‘lishi mumkinmi

Ko‘pincha riteyler loyihani amalga oshirishga shoshiladi, ammo natijaga har doim ham erishmaydi. CSI kompaniyasi sakkiz yildan ortiq riteylerlar ishini transformatsiya qiladi, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini, jumladan “Set Retail” kassa dasturi boshqaruvidagi “CSI K”`ni tatbiq etadi. CSI jamoasi riteylerlarning ko‘plab turli muammolarga duch kelgan. Ularning ko‘p qismining sababi ichki jarayonlardan va savdo tarmog‘ining chegaralaridan kelib chiqadi, ammo bitta umumiy xato bor va u muvaffaqiyatli tatbiq etishni muvaffaqiyatsizidan ajratib turadi.

Xaridor ko‘zi bilan

Xaridorni kassir sifatida “ishga olganingizda” unda ushbu yangi kassalardan foydalanish istagini uyg‘otishingiz muhim ahamiyatga ega.

Bu shunchaki yangi to‘lov usulining afzalliklarini tushuntirish emas, balki qulay “ish joyi” yaratish zarur degani:

  • o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalaridagi navbat oson nazorat qilinadi;
  • tig‘izlik va ajiotaj yo‘q;
  • xaridorga kassa oldida barchasi tushunarli bo‘lishi kerak — savatni qayerga qo‘yish, axlat yoki ortiqcha mahsulotlarni qayerga tashlash;
  • uskunadan qanday qilib foydalanish, shuningdek markirovkaga ega mahsulotlarni hamda dona-vaznli pishiriqlarni kassadan qanday o‘tkazish;
  • vakolat kerak bo‘lganda, masalan, tovarni chekdan o‘chirish holatida, do‘konning ishchisi yordam beradi.

Xizmat ko‘rsatishni qulay qilish — bu asosiy, ammo so‘nggi vazifa emas. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini o‘rnatib, butun do‘konning jarayonlariga o‘zgarishlar kiritish zarur. Bu personalga yangi uskunalardan foydalanishni o‘rgatish va potensial zararlar bilan ishlash.

Ba’zi riteylerlar, masalan, “Set Prisma” kabi nazorat tizimlari orqali kassirlarini kuzatadilar. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarida xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xaridorlar uchun ham bu juda muhim.

Reklama huquqlari asosida.