18 iyuldan boshlab Rossiyaning Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlari bilan muntazam avtobus qatnovi tiklanadi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘ylab Uzautotrans service korxonasiga qarashli Yutong avtobuslari qatnaydi.

«Toshkent — Moskva» avtobus yo‘nalishi dushanba va payshanba kunlari «Toshkent» avtovokzalidan soat 12:00 da jo‘naydi. Chipta narxi — 1 mln so‘mni tashkil qiladi.

Qozonga esa avtobus seshanba va juma kunlari Toshkent avtovokzalidan soat 11:00 da jo‘naydi. Chiptalar narxi — 800 ming so‘m.

Chorshanba va shanba kunlari avtobus Toshkent avtovokzalidan soat 16:00 da Toshkent-Sankt-Peterburg reysiga jo‘naydi. Chiptalar narxi — 1,25 mln so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyuldan boshlab Rossiya COVID-19 tarqalishi munosabati bilan 2020 yilda o‘rnatilgan chegaradan o‘tish cheklovlarini olib tashladi, biroq Belarus fuqarolaridan tashqari barcha kirish uchun PCR testi natijalarini taqdim etish talabi saqlanib qoldi.