15 iyul kuni Sirdaryo viloyatida Yangiyer shahar «Janubiy Mirzacho‘l» kanaliga 13 yoshli bola o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketdi. Bu haqda soat 19:45 da viloyat FVB markaziy-dispetcherlik xizmatiga murojaat kelib tushdi, deya xabar berdi FVV.

Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari va IIB xodimlari yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida voyaga yetmagan fuqaro FVB qutqaruvchilari tomonidan sog‘-omon suvdan olib chiqilib, unga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida mazkur kanalda 17 yoshli o‘smir cho‘milib, cho‘kib ketgandi.