Jamiyat

2022-yilda 1,2 mlndan ortiq abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi
28 iyul 2022, 10:20

2022-yilda 1,2 mlndan ortiq abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi

2022-yilda OTMlarga kirish uchun jami 1 mln 214 ming 232 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning 67 foizi avvalgi yillar bitiruvchilari hisoblanadi. Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni, 8,3 ming nafari esa masofaviy ta’limni tanlagan.

Prezident topshiriqlarini bajarmagani uchun 5 nafar davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatildi
28 iyul 2022, 10:00

Prezident topshiriqlarini bajarmagani uchun 5 nafar davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatildi

Shu yilning birinchi yarim yilligida prezident hujjatlari ijrosini ta’minlamagani uchun Moliya, Qurilish hamda Energetika vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralardagi 5 nafar davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatildi, 6 nafariga hayfsan va 1 nafariga jarima jazosi qo‘llanildi.

27 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 iyul 2022, 22:00

27 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yagona maktab formasining hali beri majburiy bo‘lmasligi, ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod qilinganlar, Komil Allamjanv bugundan biznesmen emas, hafta oxiridagi yomg‘irlar, Alisher Usmonovning ikki jiyaniga qarshi sanksiyalar, «Qo‘rqinchli Tehron» asari muhokamasi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

29 iyuldan 7 avgustgacha poytaxtdagi ayrim yo‘llar avtomobillar harakati uchun yopiladi
27 iyul 2022, 18:20

29 iyuldan 7 avgustgacha poytaxtdagi ayrim yo‘llar avtomobillar harakati uchun yopiladi

Juma kunidan boshlab 7 avgustga qadar poytaxtda Food Fest-2022 gastronomik festivali o‘tkazilishi munosabati bilan Buyuk Turon ko‘chasi, Mustaqillik shoh ko‘chasi hamda Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan yo‘llar avtotransport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

28−29-iyul kunlari O‘zbekistonning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
27 iyul 2022, 17:11

28−29-iyul kunlari O‘zbekistonning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet rahbari 28−29 iyul kunlari O‘zbekiston hududining aksariyat qismida havo harorati pasayib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi.

Uy-joyga muhtoj 12 ming xotin-qizlarning 500 nafardan ortiqrog‘iga uy berilgan, xolos — Senat raisi
27 iyul 2022, 17:10

Uy-joyga muhtoj 12 ming xotin-qizlarning 500 nafardan ortiqrog‘iga uy berilgan, xolos — Senat raisi

Tanzila Narbayeva prezident topshirig‘iga ko‘ra bu yil 12 ming xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlanishi kerakligi, biroq ularning 500 nafardan sal ortiqrog‘iga uy berilganini aytdi. U joylardagi mas’ul tuzilmalar topshiriqni bajarish o‘rniga tadbirbozlik qilib yurganini tanqid ostiga oldi.

O‘zbekiston sharqida zilzila sezildi
27 iyul 2022, 15:23

O‘zbekiston sharqida zilzila sezildi

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan 4,5 magnitudali zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilganini ma’lum qildi. Mamlakat sharqida zilzila kuchi 2−3 ballni tashkil etgan.

Fuqarolar va tadbirkorlar bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod qilindi — Soliq kodeksiga o‘zgartishlar
27 iyul 2022, 12:52

Fuqarolar va tadbirkorlar bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod qilindi — Soliq kodeksiga o‘zgartishlar

Fuqarolarning xususiy bog‘cha va maktablarga to‘laydigan 3 mln so‘mgacha mablag‘lari soliqdan ozod etiladi, mobil aloqa xizmatlari uchun soliq stavkalari 15 foizdan 10 foizga tushiriladi, tadbirkorlar va baliq yetishtiruvchilarga soliq imtiyozlari beriladi — Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Yagona maktab formasi hali majburiy bo‘lmaydi — Xalq ta’limi vaziri
27 iyul 2022, 12:10 4

Yagona maktab formasi hali majburiy bo‘lmaydi — Xalq ta’limi vaziri

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov yangi o‘quv yilidan boshlab maktab formasi majburiy bo‘lmasligini ma’lum qildi. Mazkur tartib 2025 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shuningdek, o‘quvchi-qizlar maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘rab kelishlari man etilmagani ta’kidlandi.

Yarim yilda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 72,7 mingta qonun buzilishi aniqlandi
27 iyul 2022, 10:55

Yarim yilda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 72,7 mingta qonun buzilishi aniqlandi

2022 yil birinchi yarmida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida 72,7 mingta qonun buzilish holati aniqlandi. Bunda ayrim davlat idoralari davlat xizmatlarini vaqtida ko‘rsatmay, fuqarolarni sarson qilgan, ularning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirgan. 720 nafar davlat xizmatchisi jarimaga tortildi.

«Boshlang, siz efirdasiz!» «O‘zbekiston» telekanalining ilk xodimlari televideniyeni qanday eslashadi
27 iyul 2022, 10:04

«Boshlang, siz efirdasiz!» «O‘zbekiston» telekanalining ilk xodimlari televideniyeni qanday eslashadi

Zamonaviy televideniye dunyo yuzini ko‘rgan kunda «Gazeta.uz» mamlakatning ilk «O‘zbekiston» telekanali xodimlari xotiralarini chop etmoqda. Ular ustozlari, sevimli dasturlari va O‘zMTRK tashkil etilgan yillarda u yerda hukm surgan muhit haqida hikoya qiladilar.

Farg‘onada qariyb 300 ming dollarning Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
27 iyul 2022, 09:22

Farg‘onada qariyb 300 ming dollarning Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

DXX Farg‘onada ikkita holatda qariyb 300 ming dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi.

26 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 iyul 2022, 22:00

26 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Afg‘on hukumatini terror tashkilotlardan aloqalarini uzishga chaqirgan Shavkat Mirziyoyev, inklyuziv hukumatni afg‘on xalqi uchun tinch kelajak ekanini aytgan Vladimir Norov, 4 nafar yaqinini pichoqlagan erkak, o‘z joniga qasd qilgan Rash Milk asoschisi Rahmiddin Mirzayev va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

«Xalqni faqat uning o‘zi, har bir fuqaro o‘zgarishlar yo‘lida harakat qilgan taqdirdagina, qutqarishga qodir» — «Qo‘rqinchli Tehron»
26 iyul 2022, 20:17

«Xalqni faqat uning o‘zi, har bir fuqaro o‘zgarishlar yo‘lida harakat qilgan taqdirdagina, qutqarishga qodir» — «Qo‘rqinchli Tehron»

Mushfiq Kozimiyning «Qo‘rqinchli Tehron» asari nafs, ilmsizlik, o‘z haq-huquqini bilmaslik, fikrsizlik ortidan tanazzulga yuz tutgan jamiyat tarixi va taqdiridan so‘zlaydi. Asar, ayniqsa, jamiyatda ayollarga nisbatan munosabat masalalari qalamga olinganligi nuqtai nazaridan qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Sirdaryoda sport anjomlari oshirilgan narxlarda xarid qilingani aniqlandi
26 iyul 2022, 19:04

Sirdaryoda sport anjomlari oshirilgan narxlarda xarid qilingani aniqlandi

Sirdaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan sport anjomlari 1,2 mlrd so‘mdan ziyod qimmat narxga sotib olingani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda Yagona davlat imtihonini joriy etish bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi
26 iyul 2022, 18:54

O‘zbekistonda Yagona davlat imtihonini joriy etish bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini majburiy fanlar va bakalavriat yo‘nalishlari fanlari bo‘yicha yagona test o‘tkazish orqali birlashtirish taklif etilmoqda.

«Munosabatlarning normallashuvi Afg‘oniston hukumatining tan olinishiga yo‘l ochadi» — Abdulaziz Kamilov
26 iyul 2022, 16:54

«Munosabatlarning normallashuvi Afg‘oniston hukumatining tan olinishiga yo‘l ochadi» — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekistonning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston hukumatini yaqin kelajakda tan olish masalasi hozir kun tartibida yo‘qligini ta’kidladi. Biroq u «Tolibon» harakati va jahon hamjamiyatining umumiy til topishga harakat qilayotgani ijobiy tendensiya ekanligini aytdi.

Tadbirkor Rahmiddin Mirzayev o‘z joniga qasd qildi — Bosh prokuratura
26 iyul 2022, 15:25

Tadbirkor Rahmiddin Mirzayev o‘z joniga qasd qildi — Bosh prokuratura

Andijonlik tadbirkor, Rash Milk kompaniyasi asoschisi Rahmiddin Mirzayev 46 yoshida vafot etdi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z uyining bog‘ida osilgan holda topilgan.

Tadbirkorlarga mahallalarda mikromarkaz tashkil qilish uchun davlat yerlari 5 yilga ijaraga beriladi
26 iyul 2022, 15:21

Tadbirkorlarga mahallalarda mikromarkaz tashkil qilish uchun davlat yerlari 5 yilga ijaraga beriladi

Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil qilish uchun davlat mulki obyektlari 5 yil muddatga ijaraga beriladi. Bunda tadbirkor obyektni o‘zi rekonstruksiya qiladi yoki bino-inshootlarni quradi.

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda shaffoflikni oshiradi
26 iyul 2022, 12:26

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda shaffoflikni oshiradi

O‘zgidromet hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasida kengaytirilgan shaffoflik tizimini yaratish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting