Jamiyat

Andijonda Diniy qo‘mita mutaxassisi Umra uchun fuqarolardan olgan 1,6 mlrd so‘mni onlayn qimorga tikib yubordi
23 may 2023, 10:23

Andijonda Diniy qo‘mita mutaxassisi Umra uchun fuqarolardan olgan 1,6 mlrd so‘mni onlayn qimorga tikib yubordi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi fuqarolardan Umra ziyorati uchun olgan 1 mlrd 650 mln so‘mni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sud davomida jabrlanuvchilar arizalarini qaytarib olgani sababli moddiy zarar to‘lanmagan. Sobiq xodim esa besh yilga qamalgan.

25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilmoqda
23 may 2023, 09:48

25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilmoqda

25 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ilgari bu 16 yoshni tashkil etgan. Bu bo‘yicha prezident farmoni bir yil avval qabul qilingan bo‘lsa-da, bu haqda jamoatchilikka keng ma’lumot berilmagan.

Qoraqalpog‘istonda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
23 may 2023, 09:19

Qoraqalpog‘istonda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo‘lida yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda yengil mashina yo‘lovchilaridan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada vafot etdi.

22-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
22 may 2023, 22:00

22-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Talabalar uchun 1,3 mln so‘m stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari, AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladigan organ rahbarlari, narxi oshadigan alkogol mahsulotlari, Onix va Tracker uchun shartnoma berish tiklanishi, modernizatsiyasi yakunlangan To‘palang GES va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Tuman (shahar) XTBlarning maktablar faoliyatini tekshirish vakolati tugatiladi
22 may 2023, 21:04

Tuman (shahar) XTBlarning maktablar faoliyatini tekshirish vakolati tugatiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi. Yuqori sinflarda fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi — prezident ta’lim tizimi bo‘yicha muhim takliflarni ma’qulladi.

Toshkentda Men Gʻolib yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
22 may 2023, 19:00

Toshkentda Men Gʻolib yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

21-may kuni bo‘lib o‘tgan Men Gʻolib yugurish marafoni O‘zbekiston Qurolli kuchlari va kuch ishlatuvchi tuzilmalarning vakillari, sport muxlislari va professional sportchilarni birlashtirdi.

Andijonda noqonuniy mayning fermasi aniqlandi
22 may 2023, 16:01

Andijonda noqonuniy mayning fermasi aniqlandi

Andijon tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatib, jami 323,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitning ozodligi 3 yilga cheklandi
22 may 2023, 15:53

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitning ozodligi 3 yilga cheklandi

Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U o‘zininng 58 kishilik Telegram-kanalida turli hil diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, tanishlari bilan muhokama qilib kelgan.

Farg‘onada salkam 0,75 gektar yerni $80 mingga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan ferma raisi ushlandi
22 may 2023, 15:00

Farg‘onada salkam 0,75 gektar yerni $80 mingga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan ferma raisi ushlandi

Buvayda tumanida bog‘dorchilik uchun ajratilgan 0,75 gektar yerni noqonuniy ravishda 80 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga olindi.

10−11-sinf o‘quvchilariga qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib dars o‘tiladi
22 may 2023, 14:12

10−11-sinf o‘quvchilariga qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib dars o‘tiladi

2023-yil sentabr oyidan 1−4-sinf o‘quvchilariga xorijiy tajriba asosida, 5−9-sinflarga esa umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar beriladi. 10−11-sinflar qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida o‘qitiladi.

1-iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshishi mumkin
22 may 2023, 12:39

1-iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshishi mumkin

O‘zbekistonda 1-iyundan alkogol mahsulotlari narxini oshirishni ko‘zda tutuvchi loyiha muhokamaga qo‘yildi. So‘nggi marta narxlar 2021-yil dekabrda oshgandi.

Talabalar uchun 1,3 mln so‘m stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi
22 may 2023, 12:20

Talabalar uchun 1,3 mln so‘m stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan IT, matematik statistika, dasturlash tillari, ingliz tili kabi yo‘nalishlarda talabalar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi. Unda BHMning to‘rt baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida har oyda bir marotaba stipendiya berib boriladi. O‘quv kursiga talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi
22 may 2023, 12:04

Davlat organlari rahbarlari AKT bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malaka oshiradi. Qolaversa, birinchi rahbarlar ham soha bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. Jarayon bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlar hisobidan qoplanadi.

Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning me’morchilik loyihasi namoyish etildi (foto)
22 may 2023, 12:01

Venetsiya arxitektura biyennalesida O‘zbekistonning me’morchilik loyihasi namoyish etildi (foto)

18-Venetsiya arxitektura biyennalesining ochilishida O‘zbekiston “Unbuild Together: Archaism vs. Modernity” loyihasini taqdim etdi. Loyihaga Fransiyaning Studio KO byurosi kuratorlik hamda Toshkentdagi Aju universiteti hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonda hafta issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
22 may 2023, 11:40

O‘zbekistonda hafta issiq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda ish haftasi issiq bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Antitsiklon ta’sirida haftaning o‘rtalarida havo harorati +25 darajaga tushadi, biroq hafta oxiriga kelib yana +33 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish 25-maydan boshlanadi
22 may 2023, 11:20

O‘zbekistonda Onix va Tracker uchun shartnoma berish 25-maydan boshlanadi

UzAuto Motors 25-maydan boshlab Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlanishini ma’lum qildi. Shartnoma uchun ochiq bo‘lgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi o‘zgarishsiz qolishi aytilmoqda.

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 1,5 kun issiq suv bo‘lmaydi
22 may 2023, 11:17

Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 1,5 kun issiq suv bo‘lmaydi

Quvurlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning 8 ta tumanidagi ayrim joylarda 23-may soat 20:00 gacha issiq suv ta’minoti to‘xtatildi. Ro‘yxat.

Davlat granti bitiruvchilarining 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik
22 may 2023, 09:44

Davlat granti bitiruvchilarining 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan — vazirlik

Tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buni rad etib, majburiyat o‘z kuchini yo‘qotmaganini izohladi.

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusi butunlay yonib ketdi
21 may 2023, 18:47

Toshkentda Mercedes-Benz avtobusi butunlay yonib ketdi

Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Transport vositasi deyarli butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi
21 may 2023, 18:40

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi

Toshkentning Yunusobod tumanida qo‘p qavatli uylar orasiga “dom” qurmoqchi bo‘lgan kompaniya vakillari va aholi o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Poytaxt hokimligi aholi roziligisiz hududda qurilish amalga oshirilmasligini, IIBB esa fuqarolar bilan janjallashgan shaxslar 10 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting