24−28 oktabr kunlari IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi.

Forum mavzusi etib, «Rassom va jamiyat: kelajak san’ati konsepsiyasi» tanlandi. Bu rassomning zamonaviy jamiyatda mavjudligi masalalarini ochib berishga qaratilgan.

Forumda 20 dan ortiq davlatlardan rassomlar qatnashishi kutilmoqda. Ular zamonaviy san’atning barcha sohalari — tasviriy san’at, grafika, installyatsiya, pop-art, raqamli san’at va boshqalarda rassomlarning asarlarini taqdim yetadilar.

Biyennale doirasida 10 ga yaqin ko‘rgazma, shuningdek, mahorat darslari va konferensiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Forum 2001 yildan buyon O‘zbekistonning boshqa idoralari, shuningdek, xorijiy elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan oldingi VIII biyennale 2018 yilda bo‘lib o‘tgandi. 2020 yilda forum koronavirus pandemiyasi sabab o‘tkazilmay qolgandi.