Jamiyat

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
11 noyabr 2022, 17:24

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkent markazida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 630 kVtga teng. Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Toshkentda Chelyabinsk viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma zali ish yuritmoqda
11 noyabr 2022, 17:00

Toshkentda Chelyabinsk viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazma zali ish yuritmoqda

Ko‘rgazma zalida Chelyabinsk viloyati sanoat, gaz, mashinasozlik va oziq-ovqat korxonalari mahsulotlari bilan tanishish mumkin.

11-noyabr dam olish kuni bo‘ladi
11 noyabr 2022, 13:25

11-noyabr dam olish kuni bo‘ladi

Prezident kasaba uyushmalari xodimlari kuni munosabati bilan 11 noyabrni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Agar taklif ma’qullansa, keyingi yildan mazkur sana dam olish kuni bo‘ladi.

Qimor o‘yinlarini reklama qilganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
11 noyabr 2022, 12:56

Qimor o‘yinlarini reklama qilganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Adliya vazirligi taqdim etgan qonun loyihasiga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish, namoyish etish hamda tarqatish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Ushbu harakatlarni sodir etganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Olmaliqda mikroavtobus urib ketishi oqibatida ona-bola vafot etdi
11 noyabr 2022, 11:47

Olmaliqda mikroavtobus urib ketishi oqibatida ona-bola vafot etdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yo‘ldan o‘tayotgan ona-bola Istana urib ketishi oqibatida shifoxonada vafot etdi.

Dam olish kunlarida havo quruq va nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda
11 noyabr 2022, 11:37

Dam olish kunlarida havo quruq va nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va nisbatan quruq bo‘ladi. Harorat kunduzi +9…+14 daraja, kechasi esa +5 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi
11 noyabr 2022, 10:40

Chilonzordagi qurilishni to‘xtatib qolgan profilaktika inspektori taqdirlandi

Chilonzor tumani «Ko‘tarma» mahallasidagi daraxtzor o‘rnida turar-joy qurilishiga qarshii chiqqan profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.

Har chorakda soliq va statistika organlariga moliyaviy hisobotlarni topshirish talabi bekor qilinadi
10 noyabr 2022, 22:12

Har chorakda soliq va statistika organlariga moliyaviy hisobotlarni topshirish talabi bekor qilinadi

2023 yil 1 yanvardan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi. Bundan tashqari, yuridik shaxslar xodimlarining ish haqi va boshqa daromadlari haqidagi arxiv hujjatlarini saqlash va arxivlarga topshirishdan ozod qilinadi.

Yuriy Nikulinning afsonaviy sirki Toshkentda tomoshalarini taqdim qiladi
10 noyabr 2022, 19:00

Yuriy Nikulinning afsonaviy sirki Toshkentda tomoshalarini taqdim qiladi

19 noyabrdan 11 dekabrgacha Toshkentda Moskvaning “Svetnoy bulvar” xiyobonida joylashgan Nikulin sirki jamoasi Toshkentda bayram dasturini namoyish etadi.

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
10 noyabr 2022, 18:23

Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat OTMlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirildi. O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr etib belgilandi.

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda hamkorlik qilishga kelishib oldi
10 noyabr 2022, 17:19

O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda hamkorlik qilishga kelishib oldi

Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi yakunlari bo‘yicha avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va memorandumlar imzolandi.

AQSh Orol dengizining ekotizimini qayta tiklash uchun O‘zbekistonga 1,6 mln dollar ajratdi
10 noyabr 2022, 17:04

AQSh Orol dengizining ekotizimini qayta tiklash uchun O‘zbekistonga 1,6 mln dollar ajratdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Orol dengizi hududida cho‘llanishning salbiy oqibatlari bilan kurashish maqsadida 1,6 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratganini e’lon qildi. Tashabbus dengizning qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.

Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Ibn Sinoning bronza byusti ochildi
10 noyabr 2022, 16:38

Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Ibn Sinoning bronza byusti ochildi

Avicennia International Prize xalqaro mukofotini topshirish marosimida Fransiya milliy tibbiyot akademiyasida Abu Ali ibn Sinoning bronza byusti ochildi.

«O‘qituvchilarga tekin xizmatkor sifatida qarashga barham berish shart» — Saida Mirziyoyeva
10 noyabr 2022, 15:37

«O‘qituvchilarga tekin xizmatkor sifatida qarashga barham berish shart» — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda o‘qituvchilarni «xuddi yigirma yil oldingi kabi» xonadonlarni aylanib chiqishga va o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishga majbur qilishayotgani haqida eshitib «juda xafa bo‘lgani»ni ma’lum qildi. U mutassaddilardan o‘qituvchilarni dars berishdan boshqa barcha vazifalardan ozod qilishni so‘radi.

Asialuxe Travel Saudiya Arabistoniga eksklyuziv turlar taklif qilmoqda
10 noyabr 2022, 15:00

Asialuxe Travel Saudiya Arabistoniga eksklyuziv turlar taklif qilmoqda

Saudiya Arabistonning madaniyati va tarixining qadimiy dunyosi bilan qulay sharoitlarda tanish uchun Asialuxe Travel eksklyuziv turlar taklif qilmoqda.

Navoiyda 2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
10 noyabr 2022, 14:24

Navoiyda 2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Navoiy viloyatida issiqxona qurish uchun mo‘ljallangan 2 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan uch nafar shaxs ushlandi. Hokimlik tomonidan ajratilgan yer uylar qurish uchun sotib yuborilishi oldi olindi.

Qashqadaryodagi YTH oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
10 noyabr 2022, 12:50

Qashqadaryodagi YTH oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

G‘uzor tumanida Nexia-2 quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmay, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz avtomobili bilan to‘qnashdi. Oqibatda mashinalardan birining salonida bo‘lgan yo‘lovchi vafot etdi.

XTV: O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanadi
10 noyabr 2022, 12:41

XTV: O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanadi

Xalq ta’lim vazirligi maktab o‘qituvchilarini rasmiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanganligini ma’lum qildi. Ta’lim olayotgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar elektron shaklda mavjud bo‘lishiga qaramasdan, o‘qituvchilarni hali ham uyma-uy yurib, ma’lumot yig‘ishga majburlashmoqda.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali 20 mln aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi — Tanzila Narbayeva
10 noyabr 2022, 11:14

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali 20 mln aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi — Tanzila Narbayeva

Senat Kengashining navbatdagi majlisida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. «Mazkur vazifalarni amalga oshirish orqali o‘rta hisobda 20 mln aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi», — dedi Senat raisi

Chilonzorda aholi daraxtzor o‘rnida qurilish qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor ustidan g‘alaba qozondi
10 noyabr 2022, 10:40

Chilonzorda aholi daraxtzor o‘rnida qurilish qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor ustidan g‘alaba qozondi

Tadbirkor buzilgan mulki o‘rniga kompensatsiya sifatida Chilonzordagi ko‘p qavatli uylar orasidan yer olgan. U bu yerda ko‘p qavatli turar joy qurmoqchi edi, biroq aholi bunga qarshi chiqdi. Poytaxt hokimi tadbirkorga uning bir fuqaro norozi bo‘lsa ham, bu joyni tashlab chiqib ketish haqidagi va’dasini eslatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting