Jamiyat

Yanvarda elektrdan 5,6 mlrd so‘mlik noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
3 fevral 2023, 17:52

Yanvarda elektrdan 5,6 mlrd so‘mlik noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Yanvar oyida O‘zbekistonda 33 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 511 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3 fevral 2023, 17:40

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari talaba bo‘lgan. Hodisaga isitish tizimining tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda Anhor kanali bo‘yidagi obyekt qurilishi to‘xtatildi
3 fevral 2023, 17:33

Toshkentda Anhor kanali bo‘yidagi obyekt qurilishi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Anhor kanali bo‘yida obyekt qurilishi davom etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoatchilik bunga qarshilik bildirdi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, kompaniya bir necha ogohlantirishga qaramay jarayonni davom ettirgan. Hozirda qurilish ishlari to‘xtatildi.

Andijonda 5 yoshli qiz shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda
3 fevral 2023, 17:06

Andijonda 5 yoshli qiz shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda

Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qiz vafot etgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha birlashma shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Poytaxtda 35 ta gaz «zapravka» faoliyati qayta tiklandi (ro‘yxat)
3 fevral 2023, 13:59

Poytaxtda 35 ta gaz «zapravka» faoliyati qayta tiklandi (ro‘yxat)

3 fevral holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 35 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati qayta tiklandi.

Qoraqalpog‘istonda fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish aksiyasi boshlandi
3 fevral 2023, 13:55

Qoraqalpog‘istonda fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish aksiyasi boshlandi

Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston boshqarmasi fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish bo‘yicha aksiyani boshladi. Boshqarmaning Nukusdagi binosi oldiga «saxovat konteyneri» o‘rnatildi. Odamlar keltirgan buyumlar shu yerda to‘planib, ehtiyojmandlarga yetkazib berilmoqda.

Toshkentda 22 yoshli yigit diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamaldi
3 fevral 2023, 13:26

Toshkentda 22 yoshli yigit diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamaldi

Texnika universiteti 4-kurs talabasi diniy qo‘shiqlarni tanishlari orasida tarqatgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Diniy qo‘mita xulosasiga ko‘ra, aqidaparastlik g‘oyasiga asoslangan ushbu nashidani O‘zbekiston hududiga olib kirish va tarqatish taqiqlanadi.

«Ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlar olib tashlandi
3 fevral 2023, 13:16 1

«Ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlar olib tashlandi

Mobile Retail (Elmakon brendi)ning «ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlari demontaj qilindi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. Davlat idorasi buni reklama to‘g‘risidagi qonunga zid deb baholadi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi
3 fevral 2023, 12:00

O‘zbekistonda dam olish kunlari biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Xorazmda fermer noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda
3 fevral 2023, 11:44

Xorazmda fermer noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda

Xorazmda fermer xo‘jaligi rahbari 7,3 gektar sug‘oriladigan yerda noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilganlikda gumonlanmoqda. Buning ortidan u nobudgarchilikka yo‘l qo‘yib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

O‘zbekiston 2022 yilda yengil avtomobillarni eng ko‘p Xitoydan import qildi
3 fevral 2023, 10:40

O‘zbekiston 2022 yilda yengil avtomobillarni eng ko‘p Xitoydan import qildi

O‘zbekiston 2022 yilda 34 ta davlatdan yengil avtomobil import qildi. Statistika agentligiga ko‘ra, eng ko‘p mashina Xitoydan (11 159 dona) olib kelingan. Keyingi o‘rinlarda Koreya, Qozog‘iston va Rossiya qayd etilgan.

O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi
3 fevral 2023, 10:26

O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi. U maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilaydi, dasturlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.

O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etadi
3 fevral 2023, 09:39

O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etadi

O‘zbekistonda 45 mingdan ortiq shaxs OIV kasalligi bilan yashab kelmoqda. O‘tgan yilda infeksiyaga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortgan.

Foto: Namangandagi Axsikent xarobalaridan Damashq qilichlari va devoriy suratlar topildi
3 fevral 2023, 08:27

Foto: Namangandagi Axsikent xarobalaridan Damashq qilichlari va devoriy suratlar topildi

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent shahri xarobalaridan noyob tanga, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi. Restavratorlar buyumlarni ta’mirlamoqda.

2 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 fevral 2023, 22:00

2 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jasadi topilgan 12 yoshli qiz voqeasiga jamoatchilikning munosabati, yerosti gaz saqlash inshooti qayta ishga tushishini aytgan prezident, O‘zbekistonning demokratiya reytingidagi o‘rni, saqoqushni o‘ldirgan shaxs ushlangani, o‘zbekistonlikka qarshi sanksiya qiritgan AQSh va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Arnasoyda Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni o‘ldirgan shaxs ushlandi
2 fevral 2023, 21:14

Arnasoyda Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni o‘ldirgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan pushti saqoqushni o‘ldirgan erkakning shaxsi aniqlandi. U butun O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rab, bu holat boshqa qaytarilmasligini aytdi.

Nukus ishi bo‘yicha hukm chiqarilganda sud zalida nimalar sodir bo‘ldi — «Gazeta.uz» reportaji
2 fevral 2023, 18:39

Nukus ishi bo‘yicha hukm chiqarilganda sud zalida nimalar sodir bo‘ldi — «Gazeta.uz» reportaji

Kallixanovaning shartli hukmini zal olqishladi, Tajimuratov uning yelkasiga qoqib qo‘ydi. Tajimuratov hukmi oxirgi bo‘lib e’lon qilindi. U hukmni tinglayotganda hayron emasligini ko‘rsatib, boshini qimirlatdi va bir necha marta mushtini ko‘tardi. Hukm qanday chiqarilgani — «Gazeta.uz» reportajida.

Nukus ishi bo‘yicha hukm chiqarilganda sud zalida nimalar sodir bo‘ldi — “Gazeta.uz” reportaji
2 fevral 2023, 18:39

Nukus ishi bo‘yicha hukm chiqarilganda sud zalida nimalar sodir bo‘ldi — “Gazeta.uz” reportaji

Kallixanovaning shartli hukmini zal olqishladi, Tajimuratov uning yelkasiga qoqib qo‘ydi. Tajimuratov hukmi oxirgi bo‘lib e’lon qilindi. U hukmni tinglayotganda hayron emasligini ko‘rsatib, boshini qimirlatdi va bir necha marta mushtini ko‘tardi. Hukm qanday chiqarilgani — “Gazeta.uz” reportajida.

Andijonda hokim yordamchisi prezidentga mahallada 25 nafar ishsiz borligini aytdi. Ular yuzdan ortiq bo‘lishi mumkin
2 fevral 2023, 17:23

Andijonda hokim yordamchisi prezidentga mahallada 25 nafar ishsiz borligini aytdi. Ular yuzdan ortiq bo‘lishi mumkin

Prezident Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida hokim yordamchisi bilan mahalladagi ishsizlik darajasini muhokama qildi. Mahalla aholisini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar aytildi, biroq ishsizlar bo‘yicha keltirilgan raqamlar band aholi soniga to‘g‘ri kelmayapti.

TBC Bank aksiya bo‘yicha kvartira yutib olgan ayol haqida gapirib berdi
2 fevral 2023, 17:00

TBC Bank aksiya bo‘yicha kvartira yutib olgan ayol haqida gapirib berdi

Muiba Ergasheva TBC Bank «Orzudagi kvartira» aksiyasida ishtirok etib, Toshkentda uch xonali kvartira yutib oldi. Ushbu yutuq haqida TBC Bank va g‘olibning o‘zi aytib berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting