O‘zbekiston 2022 yilda 34 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Agentlikning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi — 11 159 ta.

Keyingi o‘rinlarda quyidagi mamlakatlar keltirilgan:

  • Koreya — 9414 dona;
  • Qozog‘iston — 7208 dona;
  • Rossiya — 1499 dona;
  • AQSh — 555 dona;
  • Yaponiya — 157 dona;
  • BAA — 128 dona;
  • Germaniya — 125 dona.

Avvalroq, O‘zbekiston 2022 yilda xorijdan qiymati 69,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 2180 dona elektromobil import qilgani haqida xabar berilgan edi.