O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Janubi-g‘arbiy va janubiy hududlarda kun davomida, markaziy hududlarda esa kunning ikkinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Mamlakat shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Yakshanba kuni hududning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 0…+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha, kunduz kunlari +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda juma kuni kechga tomon va shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechasi 0…+3 daraja, kunduzi +7…+10 daraja iliq bo‘ladi.

3−5 fevral kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.