2022 yilning oxirida TBC Bank «Orzudagi kvartira» keng qamrovli aksiyasini o‘tkazdi. O‘yin ishtirokchilari Toshkentda Golden House`ning Assalom Sohil turar-joy majmuasida qiymati 500 mln so‘m bo‘lgan uch xonali kvartira yutib olish imkoniga ega bo‘ldi. Aksiya g‘olibi 30 dekabr kuni Zo’r TV telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda aniqlandi. Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi Muiba Ergasheva ismli ishtirokchi xonadon egasiga aylandi.

реклама

Muiba Ergasheva o‘z oilasi bilan kamtarona hayot kechiradi. U shifoxonada farrosh bo‘lib ishlaydi. Bo‘sh vaqtini ro‘zg‘or yumushlariga to‘liq bag‘ishlaydi: poliz ishlari bilan shug‘ullanadi, tandirda non yopadi. Muiba o‘g‘lining maslahati bilan TBC Bank`dan 12 mln so‘m kredit olib, ikkita sigir sotib oldi. Ayolning aytishicha, unga kredit shu kunning o‘zidayoq ma’qullangan. Bundan tashqari, u o‘sha payt o‘tkazilayotgan kvartira o‘yini ishtirokchisiga ham aylangan.

«Bu haqda menga xabar berishganida, men uncha e’tibor bermadim», — dedi Muiba Ergasheva.

O‘yin o‘tkazilayotgan kunda Muibaning o‘g‘li ishlash uchun Moskvaga ketayotgan edi. Ayol mehmonlar bilan band bo‘lib, aksiya natijalarini kuzatishga vaqt topa olmagan. Birozdan so‘ng Muibaga qizi qo‘ng‘iroq qilib, onasiga kvartira yutib olgani haqida xabar qiladi. Biroq Muiba, TBC Bank xodimlari u bilan bog‘lanib, Toshkentda uch xonali kvartira yutib olganini ma’lum qilganidan keyingina o‘z omadiga ishonadi.

«Agar bilganimda edi, o‘g‘limni chet elga jo‘natmagan bo‘lardim», — dedi u.

Yanvar oyining oxirida Muiba turmush o‘rtog‘i bilan birga yangi kvartiraning kalitini olish uchun Toshkentga keldi.

реклама

«Aksiya doirasida TBC UZ ilovasida 10 mln so‘mdan kredit olgan har qanday mijoz kvartira yutib olishi mumkin edi. Biroq o‘yin kuni omad aynan sizga kulib boqdi. Orzular amalga oshadi, deyishadi, siz bunga shaxsan amin bo‘ldingiz», — dedi TBC Bank raisi o‘rinbosari Hikoyat Dadaboyeva, g‘olibni tabriklar ekan.

«Toshkentga ko‘chib kelib, yangi kvartirangizda yashaysizmi», degan savolga javob berarkan, Muiba Ergasheva xonadonni nabiralariga berishini, chunki ularning kelajakda o‘qish uchun poytaxtga kelishidan umidvorligini bildirdi.

«Orzudagi kvartira» aksiyasida hammasi bo‘lib 11 ming kishi ishtirok etdi. Jami ID-chiptalar soni 16 556 tani tashkil qildi. Qoidaga ko‘ra, 2022 yilning 5 sentabridan 20 noyabrigacha TBC Bank`da 10 mln so‘m va undan ko‘proq onlayn-mikroqarz olgan mijozlar kvartira o‘yini ishtirokchilariga aylanishi kerak edi. Bundan tashqari, mijoz kreditni 2022 yilning 31 dekabrigacha qoplamasligi, shuningdek, uning kechiktirilgan to‘lovlari bo‘lmasligi talab etilardi. Har 10 mln so‘mga olingan kredit uchun ishtirokchi 1 ta ID-chipta qo‘lga kiritishi ko‘zda tutilgan edi.

реклама

«Biz mahsulot va xizmatlarimiz har bir foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishini ta’minlashga intilamiz. Bizda kredit olish yoki depozit ochish uchun mijozga faqat smartfon va internet kerak. Bundan tashqari, bankimiz xizmatlaridan foydalangan mijozlar turli rag‘batlantirish aksiyalari ishtirokchilariga aylanadi. „Orzudagi kvartira“ — ortda qolgan yilning eng muhim voqealaridan biri. Bor-yo‘g‘i 12 mln so‘mga kredit olgan oddiy ishtirokchi Toshkentdagi kvartira sohibiga aylandi. Bu kabi sovrinlarni biz mijozlarimiz o‘rtasida bundan keyin ham o‘ynashda davom etamiz», — dedi TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisining o‘rinbosari Spartak Tetrashvili.

TBC Bank jamoasi «Orzudagi kvartira» g‘olibi hayoti bilan yaqindan tanishish va ayolni yangi kvartira bilan tabriklash uchun Muiba Ergashevaning uyida mehmon bo‘ldi.

Quyida ushbu safar haqida videolavha e’tiboringizda.

Reklama huquqlari asosida.