Ijtimoiy tarmoqlarda «Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lganlar qonun oldida javob berishi kerak» sarlavhali xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan 2022 yil 30 dekab kuni tibbiyot birlashmasi shifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, yuqorida keltirilgan jinoyatni sodir etish besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.