Mobile Retail (Elmakon brendi)ning «ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan barcha bannerlari demontaj qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

рақобатни rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, reklama

Avvalroq kompaniya mamlakatning ayrim hududlarida Elmakon maishiy texnika internet do‘konining ««Ikkinch xotin»ga g‘amxo‘rlik qiling», «Mahrga texnika so‘rang» chaqiruvi bilan reklama bannerlarini o‘rnatgan edi. Qo‘mita tomonidan surati e’lon qilingan bannerlarda avtomobillar uchun jihozlar — avtomobil signalizatsiyasi va radiosi reklamasini ko‘rish mumkin.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, «Reklama to‘g‘risidagi» qonunning 16-moddasiga asosan, reklama va axborot vositalaridan foydalangan holda milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek ahloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

рақобатни rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, reklama

Shu munosabat bilan qo‘mita kompaniyaga bunday mazmundagi reklama bannerlarini olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Hozirda ularning barchasi olib tashlandi, deyiladi qo‘mita bayonotida.