Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin — prezident

Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar yopilgan, hajmi 2,5−3 mlrd kub metr bo‘lgan Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushishini ma’lum qildi. Inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirg‘izistonda, kompressorlar esa O‘zbekiston hududida. Inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi.

«Qizil kitob»ga kiritilgan saqoqushni o‘ldirganlarga qonuniy chora ko‘riladi — Tabiat resurslari vazirligi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi ko‘lda «Qizil kitob»ga kiritilgan saqoqushni tutib, o‘ldirgan shaxsning ma’lumotlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuraturaga yuborildi. U «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi va «Ov qilish to‘g‘risida»gi qonunlarni buzgan.

Arnasoyda Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni o‘rdirgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan pushti saqoqushni o‘ldirgan erkakning shaxsi aniqlandi. U butun O‘zbekiston xalqidan kechirib so‘rab, bu holat boshqa qaytarilmasligini aytdi.

O‘zbekiston demokratiya reytingida 149-o‘rinni egalladi

2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston EIU «Demokratiya indeksi»da bir pog‘ona ko‘tarilib, 167 davlat orasidan 149-o‘rinni egalladi. Mamlakatda demokratiyaga berilgan baho 2,12 ballni tashkil etadi va bu ketma-ket uch yildan beri o‘zgargani yo‘q.

Andijonda hokim yordamchisi prezidentga mahallada 25 nafar ishsiz borligini aytdi. Ular yuzdan ortiq bo‘lishi mumkin

Prezident Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida hokim yordamchisi bilan mahalladagi ishsizlik darajasini muhokama qildi. Mahalla aholisini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar aytildi, biroq ishsizlar bo‘yicha keltirilgan raqamlar band aholi soniga to‘g‘ri kelmayapti.

«Hammani larzaga keltirdi». Senator Toshkentda vafot etgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi

Senator Gulnora Marufova Yangihayotda murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topilgan 12 yoshli qiz voqeasiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, normal holatdagi odam bu qotillikni, albatta, qoralaydi. «Qizchaning ota-onasiga ham to‘zim bersin, bu juda og‘ir holat», — dedi Marufova.

«Yana bilvosita ota-ona aybdormi?». Toshkentda 12 yoshli qizning o‘ldirilganiga jamoatchilik munosabatlari

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz murdasi jinsiy zo‘rlash belgilari bilan topilgani odamlarni junbishga keltirdi. Jamoatchilik bunday jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi lozim, degan fikrda. Ayni vaqtda, faollar «bolaning xavfsizligini ota-onaning bo‘yniga yuklashni mas’uliyatsizlik» deb baholamoqda.

AQSh O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi sanksiyalariga tushgan 10 nafar shaxs ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarosi Maks Piflaks ham bor. U «Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha cheklovlardan qochayotgan» shaxs sifatida qayd etilgan.

DXX Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Samarqandda fuqaro 2 kg opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uning xonadoni tekshirilganda yana 8 kg shunday modda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Uzbekistan Airways Rossiyaga parvozlar sonini ko‘paytirmoqda

Uzbekistan Airways Express 26 martdan Toshkent-Omsk, 28 martdan Toshkent-Nijniy Novgorod, 27 martdan Namangan-Orenburg hamda 31 martdan Namangan-Nijnevartovsk yo‘nalishi bo‘yicha yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

O‘zbekistonda o‘tgan yili qariyb 70 mln dollarlik elektromobil import qilingan

O‘zbekistonga 2022 yilda xorijdan 69,8 million AQSh dollari evaziga 2180 dona elektromobil olib kelingan. Import 2021 yilgiga nisbatan 1371 taga oshgan.

Dauletmurat Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi bayonoti tekshirilishi kerak — HRW

Human Rights Watch tashkiloti Dauletmurat Tajimuratovning hibsda qiynoqqa solingani haqidagi da’volari tekshirilishi kerakligini bildirdi. Inson huquqlari tashkiloti, shuningdek, «huquq-tartibot organlari asossiz o‘qotar quroldan foydalangani uchun» hanuz hech kim jazolanmaganini eslatib o‘tdi.

Nukusdagi portlashda halok bo‘lgan marhuma — Nurzada Utambetova

«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan yana bir insonning shaxsiga aniqlik kiritdi. U Nurzada Utambetova bo‘lib, uzoq yillar «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining Qoraqalpog‘istondagi filialida faoliyat yuritgan va nafaqaga chiqqan bo‘lgan.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Gollandiya cho‘qqilari: Nodirbek Abdusattorov Veyk-an Zeyeda ajoyib natijaga qanday erishdi?

Hamma Nodirbek Abdusattorovning Gollandiyadagi o‘yini haqida gapirdi: jahon chempioni ustidan qozonilgan g‘alabadan xursand bo‘lishdi, musobaqadagi peshqadamlikni kuzatishdi, finaldagi omadsizlikni bir boshdan o‘tkazishdi. Shaxmat bo‘yicha murabbiy Georgiy Shvanov shaxmatchimizning natijasi haqida fikr yuritadi.