Jamiyat

O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it, 46 mingdan ortiq mushuk bor
28 iyul 2023, 11:51

O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it, 46 mingdan ortiq mushuk bor

Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it va 46 mingdan ortiq mushuk yashashini ma’lum qildi.

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida
28 iyul 2023, 11:48

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida

Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat biroz pasayadi
28 iyul 2023, 11:14

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat biroz pasayadi

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, payshanba kuni nisbatan salqin havo kirib kela boshladi. Dam olish kunlarida Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent viloyatida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
28 iyul 2023, 10:33

Toshkent viloyatida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi temir yo‘l kesishmasida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.

OTMlar uchun test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi
28 iyul 2023, 09:22

OTMlar uchun test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023−2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlari 1-avgustdan boshlanib, 13-avgustda to‘liq yakunlanadi. Imtihonlar kuniga 2 smenada o‘tkaziladi.

Avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi aksiz markalari joriy etiladi
27 iyul 2023, 23:03

Avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi aksiz markalari joriy etiladi

Avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Eski namunadagi aksiz markalaridagi mahsulotlarni 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi. 2024-yil 1-noyabrdan eski namunadagi aksiz markasidagi mahsulotlar savdosiga qarshi kurashish boshlanadi.

Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev 11 yilga qamaldi
27 iyul 2023, 22:57

Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev 11 yilga qamaldi

Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U Jinoyat kodeksining 7 ta moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Shuningdek, 17 nafar sudlanuvchiga ham turli darajada jazolar tayinlandi.

27-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
27 iyul 2023, 22:13

27-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonning kambag‘allik yuqori nuqtalari, svetofor o‘rnatmaslikni ma’qul ko‘rayotgan hukumat, Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi ehtimoli, rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydigan Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Piyodalar o‘tish joyi yo‘q — muammo ham yo‘qmi?
27 iyul 2023, 19:03

Piyodalar o‘tish joyi yo‘q — muammo ham yo‘qmi?

Toshkent hokimiyati eng xavfli piyodalar o‘tish joyi muammosini “hal qildi”. U shunchaki yo‘q qilindi. Odamlar esa o‘z hayotlarini yanada kattaroq xavf ostiga qo‘yib, ko‘p polosali magistralni kesib o‘tishda davom etmoqda. Hukumat svetofor o‘rnatmaslikni ma’qul ko‘rmoqda.

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi
27 iyul 2023, 18:20

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi

Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida quriladigan avtomobil yo‘li sabab 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Loyiha hujjatlari hukumatga topshirilgani aytilmoqda. Jamoatchilik bundan norozi bo‘lsa, Ekologiya vazirligi har ikki viloyatda odamlar fikri eshitilishini bildirmoqda.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydi
27 iyul 2023, 17:59

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydi

Toshkent aeroporti oldidagi yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish ishlari 2024-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. U kengaytiriladi, Kichik halqa yo‘liga kirish va chiqish yo‘llari, velosiped yo‘laklari tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Andijonda IIB va MIBning 4 nafar xodimi 5,6 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda
27 iyul 2023, 17:36

Andijonda IIB va MIBning 4 nafar xodimi 5,6 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda

Andijon viloyati IIBning 3 nafar va MIB Andijon shahri bo‘limining 1 nafar xodimi talon-torojliklar va mansab soxtakorligi bo‘yicha sudlanmoqda. Dastlabki ayblov xulosasiga ko‘ra, jinoyat oqibatida 5,6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Uzbekistan Airports Oliy sudga kassatsiya shikoyati bermoqchi
27 iyul 2023, 15:11

Uzbekistan Airports Oliy sudga kassatsiya shikoyati bermoqchi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports`ga barcha taksi kompaniyalarining Toshkent aeroportiga kirishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi. Kompaniya qo‘mita qarori bekor bo‘lishi uchun harakat qilishini va shu paytga qadar holat yuzasidan birorta shikoyat kelib tushmaganini bildirdi.

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti talabalarni ish va hayotga qanday tayyorlaydi
27 iyul 2023, 13:00

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti talabalarni ish va hayotga qanday tayyorlaydi

Britaniya menejment universitetidagi Kasb va sanoat markazi talabalarni karerasida va shaxsiy rivojlanishida qo‘llab-quvvatlash haqida gapirib berdi.

Yangi Toshkentda 50 gektarlik akvapark quriladi. Ajratiladigan mablag‘ — $200 mln
27 iyul 2023, 12:37

Yangi Toshkentda 50 gektarlik akvapark quriladi. Ajratiladigan mablag‘ — $200 mln

Prezident farmoniga ko‘ra, poytaxtdagi yashil hudud 5 ming gektarga yetkaziladi (hozir 900 gektar). Hujjatda Yangi Toshkentdagi 50 gektar maydonda akvapark va 35 gektarda sun’iy ko‘l tashkil qilinishi belgilangan. Akvapark qurilishi uchun 200 mln dollar ajratiladi.

Koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror — Sanepidqo‘mita
27 iyul 2023, 11:44

Koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror — Sanepidqo‘mita

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda COVID-19 va o‘tkir respirator infeksiyalarning miks-infeksiya kasalligi kuzatilib turibdi.

Toshkent shahri va viloyatida zilzila sezildi
27 iyul 2023, 05:33

Toshkent shahri va viloyatida zilzila sezildi

Payshanba tongida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi poytaxt va Toshkent viloyati tumanlarida sezildi hamda 2−3 ballni tashkil etdi.

26-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
26 iyul 2023, 22:00

26-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari, Farg‘onada kesib tashlangan 1213 tup daraxt, Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya, elektromobil importi oshgani, testda qatnashadigan 948 mingdan ortiq abituriyent, 7 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik cheklov joriy etildi
26 iyul 2023, 19:12

Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik cheklov joriy etildi

Energetika tizimidagi yuk ortishi munosabati bilan Toshkentning yettita tumanida elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Tarqatish punktlari soviganidan so‘ng elektr ta’minotini tiklash rejalashtirilgan.

Xorazmda suv ifloslanishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi
26 iyul 2023, 18:22

Xorazmda suv ifloslanishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi

Xonqa tumanida korxonadan ifloslantiruvchi moddalari bo‘lgan oqova suvlar chiqishi oqibatida 2600 dan ortiq baliq nobud bo‘ldi. Hayvonot dunyosiga 223,3 mln so‘m zarar yetkazilgan. Jinoyat ishining tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting