27-iyul kuni soat 14:00 atrofida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida temir yo‘l kesishmasida vagonlar ulanmagan elektrovoz Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

YTH mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K 713 avtomobil yo‘lining shlagbaum bilan jihozlanmagan, biroq temir yo‘l svetofori va yo‘l belgilari mavjud kesishmasida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida transport vositalari texnik shikastlangan. Fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Holat yuzasidan Zangiota tumani YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.