Baland minbarlardan piyodalar transport vositalaridan ustun ekanligi haqida qancha aytilmasin, Toshkent hokimiyati avtomobillar uchun sharoitlarni yaxshilab, piyodalar uchun noqulayliklarni yanada ko‘paytirishda davom etmoqda.

Yana bir misol, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi yonidagi xavfli tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi. Bu yerda muntazam ravishda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lib turadi. Oxirgi ma’lum bo‘lgan holat 21-iyul kuni sodir bo‘ldi — mashinalardan biri piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan vaqtidan ikkinchisi uning ortidan urishi natijasida birinchi mashina ayolni urib yubordi.

Yaxshiyamki, ayol tirik qoldi. Hodisa hokimiyat va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining harakatsizligi, piyodalarning ko‘chalarni xavfsiz kesib o‘tishini ta’minlay olmayotgani sababli internetda norozilikning yangi to‘lqiniga sabab bo‘ldi.

Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng hukumat osongina yechim topdi — ko‘p yillardan beri mavjud bo‘lgan piyodalar o‘tish joyi shunchaki yopib qo‘yildi. “Zebra” qora bo‘yoq bilan bo‘yab tashlandi, o‘tish belgilari demontaj qilindi, o‘tishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatildi.

“Gazeta.uz” muxbiri chorrahada besh daqiqa turdi — shu vaqt ichida undan 10 dan ortiq odam, jumladan, bolali oilalar ham o‘tdi. Ishonchimiz komilki, o‘tish joyining tugatilishi ular uchun kutilmagan bo‘lgan, zero bunday o‘zgarishlar haqida oldindan ogohlantirish odati yo‘q-ku.

Haydovchilar uchun ham o‘tishning yo‘qligi kutilmagan holat bo‘ldi — ular chiziqlari qora bo‘yoq ortidan ko‘rinib turgan “zebra” oldida beixtiyor to‘xtashmoqda.

Vaholanki svetofor o‘rnatish orqali piyodalar xavfsizligini ta’minlash ham mumkin edi, ammo bu, ko‘rinib turibdiki, keraksiz deb hisoblangan.

Taxmin qilish mumkinki, keyingi qadam piyodalarni to‘xtatish uchun to‘siqlar o‘rnatish bo‘ladi. Biroq bu barcha piyodalarni to‘xtata olmaydi. Eng yaqin o‘tish joylari yuzlab metrlar uzoqlikda, ya’ni ba’zi piyodalar xavfli yo‘lni kesib o‘tishda davom etaveradi.

Foto

Bo‘yalgan “zebra”.Bo‘yalgan “zebra”.

Shahar markazida piyodalar o‘tishi taqiqlangan belgi o‘rnatildi.Shahar markazida piyodalar o‘tishi taqiqlangan belgi o‘rnatildi.

Odamlar “zebra”dan foydalanishda davom etmoqda.Odamlar “zebra”dan foydalanishda davom etmoqda.

Bolali oilalar ham xavfli ko‘chani kesib o‘tmoqda.Bolali oilalar ham xavfli ko‘chani kesib o‘tmoqda.