Kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1,3 mln kambag‘al oilalar mavjud bo‘lib, kambag‘allik darajasi 14,1 foizni tashkil etdi. Yil yakunigacha ko‘rsatkich 12 foizga tushib, 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan.

Ekstremal issiqlik Markaziy Osiyo va Yevropada har ikki boladan biriga ta’sir qiladi: YUNISEF

Markaziy Osiyo va Yevropadagi bolalarning qariyb yarmi issiqlik to‘lqinlariga duchor bo‘lmoqda — bu global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p, deyiladi YUNISEF hisobotida. Tashkilot mintaqa hukumatlarini shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Piyodalar o‘tish joyi yo‘q — muammo yo‘qmi?

Toshkent hokimiyati eng xavfli piyodalar o‘tish joyi muammosini “hal qildi”. U shunchaki yo‘q qilindi. Odamlar esa o‘z hayotlarini yanada kattaroq xavf ostiga qo‘yib, ko‘p polosali magistralni kesib o‘tishda davom etmoqda. Hukumat svetofor o‘rnatmaslikni ma’qul ko‘rmoqda.

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi

Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida quriladigan avtomobil yo‘li sabab 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Loyiha hujjatlari hukumatga topshirilgani aytilmoqda. Jamoatchilik bundan norozi bo‘lsa, Ekologiya vazirligi har ikki viloyatda odamlar fikri eshitilishini bildirmoqda.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydi

Toshkent aeroporti oldidagi yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish ishlari 2024-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. U kengaytiriladi, Kichik halqa yo‘liga kirish va chiqish yo‘llari, velosiped yo‘laklari tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

26-iyul kuni elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord o‘rnatildi — 250,7 mln kVt/soat. Energetika vazirligi issiq havoda elektr tarmoqlarining uzatish quvvati 25 foizga pasayganini bildirib, vaziyatni to‘g‘ri tushunishni so‘radi va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.

Andijonda IIB va MIBning 4 nafar xodimi 5,6 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda

Andijon viloyati IIBning 3 nafar va MIB Andijon shahri bo‘limining 1 nafar xodimi talon-torojliklar va mansab soxtakorligi bo‘yicha sudlanmoqda. Dastlabki ayblov xulosasiga ko‘ra, jinoyat oqibatida 5,6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va bir qator tuman hokimlari ishdan olindi

Ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari, Rishton tumani va Marg‘ilon shahar hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Regulyatorning qayd etishicha, inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayishiga qaramasdan, narxlarga talab omillari bilan bog‘liq bosimlar saqlanib qolmoqda.

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarining ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq — Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi yillik kutilmaning 20 foiziga yetgandi. Shundan so‘ng Iqtisodiyot vazirligi daromad va xarajat bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.

Narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsiti belgilangan darajadan oshmasligi muhim — MB

Markaziy bank o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsitini belgilangan parametrlar darajasidan oshmasligini ta’minlash muhimligini qayd etdi. Regulyator inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foiz atrofida bo‘lishi bo‘yicha prognozini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Toshkent aeroportiga faqat bitta kompaniya taksilari kira olishi qonunni buzmoqda — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports yagona taksi xizmati qonun talablarini buzayotganini ma’lum qildi. Kompaniyadan barcha taksilarning terminalga kirishi uchun sharoit yaratish va to‘xtash joylari narxlarini qayta ko‘rib chiqish talab qilindi. Uzbekistan Airports qo‘mitani sudga bergandi, ammo yakunda yutqazdi.

Uzbekistan Airports Oliy sudga kassatsiya shikoyati bermoqchi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports`ga barcha taksi kompaniyalarining Toshkent aeroportiga kirishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi. Kompaniya qo‘mita qarori bekor bo‘lishi uchun harakat qilishini va shu paytga qadar holat yuzasidan birorta shikoyat kelib tushmaganini bildirdi.

Ozodbek Nazarbekov yana madaniyat vaziri bo‘ldi, u endi turizmga javobgar emas

O‘tgan yil oxiridan buyon madaniyat va turizm vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri etib tasdiqlandi. Endi u turizm sohasiga javobgar emas.

Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tuzildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etildi. Unga Umid Shadiyev rahbarlik qiladi.