Abduqodir Mo‘minov sudi: jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi

Jurnalist Abduqodir Mo‘minovning sud ishi boshlandi. Dastlabki kunda jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi. Eshituv mobaynida sudlanuvchi va uning advokati o‘z e’tiroz va fikrlarini bildirdi.

2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 1 milliondan ziyod abituriyentning 948 mingdan ortig‘i testda qatnashadi

Bu yil oliygohlarga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyentning 948 486 nafari test sinovida qatnashadi. Ularning yarmidan ko‘pi kunduzgi ta’limni tanlagan. Qolaversa, eng ko‘p — 33 721 nafar abituriyent har yilgidek O‘zbekiston milliy universitetiga o‘qishga kirish niyatida.

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Ruxsat olish qiyinligi sabab O‘zbekistonda agrodronlardan foydalanish keng tarqalmagan — MHTI

MHTI mutaxassislari O‘zbekistonda agrodronlarni olib kirish va foydalanish uchun ruxsat olish tartibi ancha murakkabligi tufayli ulardan foydalanish keng tarqalmaganini ma’lum qildi. Ular xorij tajribasini inobatga olib, bu bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytgan.

O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

27−30-iyul kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasida 4 ta medal oldi

Shveysariyada o‘tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonliklar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sovrindorlar umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va Prezident maktabi o‘quvchilari hisoblanadi.

Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va kengash tuzildi

Prezident Yangi Toshkent qurilishi bo‘yicha direksiya va muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilishini ma’qulladi. Birinchisiga qurilish vaziri o‘rinbosari, ikkinchisiga bosh vazir rahbarlik qiladi. Direksiya shaharni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadi, investorlar bilan shartnoma tuzadi va boshqa ishlarni bajaradi.

Polsha Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi shifoxonalar uchun maxsus apparatlar taqdim etdi

Polsha O‘zbekistonga jami 4,5 mln dollarlik o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi apparatlarni beg‘araz yordam sifatida taqdim etdi. Ular Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi tibbiyot muassasalarida foydalaniladi.

Yangiyo‘lda Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarilishi mumkin

Turkiyaning Medex Textile kompaniyasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Zara va Columbia brendlari ostida kiyim-kechak ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonga elektromobillar importi yarim yil ichida qariyb 5 barobar oshdi

Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga elektromobillar importi qariyb 5 baravarga — 5403 tagacha oshdi. Ularning umumiy qiymati 167 mln dollarni tashkil etdi. Har to‘qqizinchi elektromobil Xitoydan olib kelinmoqda, Gonkongdan yetkazib berish ham oshgan.

Fotojurnalist Yuriy Korsunsev vafot etdi

Taniqli fotojurnalist Yuriy Korsunsev og‘ir xastalikdan so‘ng olamdan o‘tdi. U ko‘plab nashrlar, jumladan, bir necha yil davomida “Gazeta.uz” va Afisha.uz bilan hamkorlik qilgan.