27-iyul kuni soat 04:52 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Zilzila koordinatalari: 41,43 gradus shimoliy kenglik; 68,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 27 km shimoli-g‘arbda.

Yer silkinishi Zangiota, Toshkent (Toshkent viloyati), Olmazor, Uchtepa, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida 2−3 ballni tashkil qildi.

Yangiyo‘l (Toshkent viloyati), Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yangihayot va Yashnobod tumanlarida uning kuchi 2 ball bo‘ldi.