Chorshanba kuni Toshkentning yettita tumanida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi “Gazeta.uz”ga elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilganini ma’lum qildi.

Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim ko‘chalarida cheklovlar joriy etildi. Bu chora shahar energetika tizimidagi yuk oshishiga olib kelgan jazirama issiq tufayli amalga oshirildi.

Cheklovlar elektr uzatish liniyalari, nimstansiyalar va elektr uzatish moslamalarida yirik avariyalarning oldini olishga qaratilgan, deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lum qilinishicha, elektr ta’minoti tarqatish punktlari soviganidan so‘ng qayta tiklanadi.

Toshkentning turli hududlarida 8-iyun kuni elektr energiyasi uzilishi boshlangan edi. O‘sha kuni birdaniga sakkizta tuman birdaniga elektr ta’minotisiz qolgan, buning oqibatida ularning ayrimlarida sovuq va issiq suv ta’minoti ham uzilgan eli.

Avvalroq “Gazeta.uz” joriy yilda elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida poytaxtda 903 km elektr uzatish liniyalari va 228 ta transformatorni yangilash rejalashtirilgani haqida yozgan edi. Hokimlik bunday hajmdagi ishlar birinchi marta amalga oshirilayotganini ta’kidladi.