21-avgust kuni EASYBOOKING kompaniyasi Centrum Air hamkorligida Toshkent-Doha (Qatar) yo‘nalishida ilk parvozni yo‘lga qo‘ydi. A-320 samolyotining birinchi yo‘lovchilari orasida “Navbahor” klubining muxlislari ham bor. Shuningdek, EASYBOOKING dastlabki 3 reys yo‘lovchilariga Qatar vizasini bepul taqdim etmoqda.
2024−2025 o‘quv yilidan IIV Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlari o‘qitiladi. Ular muassasaga imtihonlarsiz qabul qilinadi. Kvotalarni prezident belgilaydi.
Beshariq tumanida oilali ayolga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan va jinsiy ehtiyojlarini qondirgan 4 erkakning biri 9 yilga, ikki nafari 8 yilga, yana biri esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
OTMga qabul uchun test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi va u 31-avgustga qadar davom etadi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.
22-avgust kechasi O‘zbekistonda OTMga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari, abituriyent ID raqamini yuborgan holda @edtmmandatbot Telegram boti, ruxsatnoma QR-kodi hamda test natijalari qaydnomasi orqali bilishlari mumkin.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.
Mustaqillik bayramiga ketma-ket 3 kun dam, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirgan O‘zbekiston, o‘zini osib o‘ldirgan 20 yoshli kelin, narkotiklar ro‘yxatiga kirgan “Tapentadol”, Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi, Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.
2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
Sergeli tumanida yangi Chery Sergeli dilerlik markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida brendning 10 nafar mijoziga avtomobil kalitlari hamda kompaniyadan esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 1−3-sentabr kunlari dam oladi. 4-sentabrdan esa barcha yana ishga qaytadi.
O‘zbekiston tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, kelinchak turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib, oila a’zolaridan uni olib ketishlarini so‘ragan. Kelinning qarindoshlari o‘lim sababiga shubha bildirmoqda.
20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida haftada bir marotaba amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent — Budapesht yo‘nalishidagi reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.
21−25-avgust kunlari O‘zbekistonda havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduzi +34…+39 daraja bo‘ladi. Juma kuni Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo massasi kirib kela boshlaydi.
Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatib, uni moliyalashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. IIV tergov harakatlarini olib bormoqda.
Alisher Sattarov Uzbekistan Airways boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, Shaxzod Ikramov va Shuxratillo Yadgarovlar rais o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
16-avgustdan 5-oktabrgacha Click asosiy sovg‘asi BYD Song Plus avtomobili bo‘lgan yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda. Aksiya davomida yana ko‘plab boshqa qimmatli sovg‘alar ham o‘ynaladi.
Internetda elektrobus haydovchilarining mashinalarni quvvatlashdagi muammolardan shikoyat qilgan videomurojaati tarqaldi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kechikishlar tufayli rejani bajarib bo‘lmayapti, shuningdek, harakat muntazamligi buzilgan.
O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida aviashou bo‘lib o‘tdi. Jangovar va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Shou doirasida ilk bor samolyotlar O‘zbekiston bayrog‘ini “osmonga chizishdi”. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Prezident Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik sohasidagi maxsus vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tashkilot sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting