21-avgust kuni O‘zbekistondan ilk bor Qatar poytaxti — Doha shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar A-320 samolyotlari orqali Centrum Air xususiy aviakompaniyasi, Qatar hukumati va EASYBOOKING kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Biz O‘zbekiston uchun Dohaga yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘ydik. Parvozlar amalga oshirilayapti. Biz hozir har bir O‘zbekiston aholisi bemalol sayohat qilishi uchun harakatdamiz”, — deya ta’kidladi Centrum Air kompaniyasi xodimi Anora Xodjayeva.

Navbatdagi parvoz 28-avgust kuniga reja qilingan. Hozirda EASYBOOKING kompaniyasi Qatarga mazkur sanada bo‘ladigan safar uchun eksklyuziv takliflarni taqdim etmoqda:

  • Vizasiz — viza uchun ariza topshirish shart emas;
  • 12 yoshgacha bolalar uchun bepul parvoz. Aksiyada mehmonxonaga barcha turdagi joylashtirishlar ishtirok etadi: “1+1”, “2+1”, “2+2” (3−11);
  • Covg‘a sifatida ekskursiyalar: safari va “ichki dengiz”ga sayohat.

Taklif faqat 28/08/2023 da jo‘nab ketish uchun amal qiladi.

Qatnov uchun aynan Qatar davlati tanlab olinganiga sabab bu mamlakatning 2022-yil futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgani va buning ortidan mintaqada sayohat uchun keng imkoniyatlar ochilganidir.

Qatar Arabiston yarim orolidagi Fors ko‘rfazi bilan chegaradosh mo‘jazgina davlat. Mamlakatni 5−7 yil oldingi Dubayga qiyoslaydiganlar ham bor: o‘sha zamonaviy, ko‘ngilochar va diqqatga sazovor obyektlari ko‘p, tiniq suvli plyajlar va a’lo darajadagi xizmat. Sohilda suv sportlaridan biri bilan shug‘ullanish uchun barcha imkoniyat bor: syorfing, suvga sho‘ng‘in, kayak. Qolaversa davlat sayyohlarni hayratda qoldirish uchun ham yetarlicha asos topgan. Sun’iy The Pearl Qatar oroli, sahroning okean bilan uchrashadigan joyi (dunyoda bunday joy faqat ikkita), dunyodagi eng uzun uzluksiz velosiped yo‘li.

Qatar poytaxti Doha sayohatchilar uchun qulay: undan dunyoning 150 dan ortiq shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirish mumkin. Mamlakat xarid qilishni sevuvchilar uchun ham jozibador manzil: QQS va daromad solig‘i yo‘q, shuning uchun siz markali buyumlarni, oltin va elektronikani juda qulay narxda xarid qilishingiz mumkin.

“Chempionatdan so‘ng mamlakatda katta mehmonxonalar, infratuzilma, hatto konditsionerli ko‘chalar, noodatiy qurilish obyektlari, plyaj hamda otellar, stadionlar barpo etildi va buning ortidan pul aylanmasi ham ortdi. Hozir O‘zbekiston aholisi aynan shu qulayliklarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi uchun imkoniyat yaratmoqdamiz”, — dedi EASYBOOKING kompaniyasi marketing bo‘limi boshlig‘i Stanislav Yakovlev.

Shuningdek, ushbu aviaqatnov orqali Qatarda sayohat qilmoqchi bo‘lganlarga kompaniya parvoz va dam olishdan tashqari qo‘shimcha ekskursiya uchun ham imkoniyat yaratadi. Qolaversa, mamlakat vizasini olish ham dastlabki 3 ta reys uchun bepul amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar ham bundan mamnun ekanini aytmoqda", — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir sayohatlarning boshlang‘ich narxi 350 dollar (MBning 22-avgustdagi kursiga ko‘ra, 4 mln 235 ming so‘m). Agar O‘zbekistondan Qatarga ushbu aviakompaniya orqali uchishni istovchilar soni ortsa, narxlar o‘zgarishsiz qolishi mumkin. Lekin, oktabr oyida Qatarda Formula-1 poygasi musobaqasining finali bo‘ladi. Ayni bu vaqtda chipta narxlari oshishi mumkin, dedi marketolog.

Qolaversa, EASYBOOKING kompaniyasi strategik sheriklik va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish istagini ham bildirdi.

Qatarga birinchi parvoz qiluvchilar orasida aeroportga musiqiy asboblar bilan kelgan namanganlik futbol muxlislari ham bor. Ulardan biri Abdulvosit Karimovning so‘lariga ko‘ra, ular Qatarga futbol bo‘yicha Osiyo kubogi turnirida ishtirok etayotgan “Navbahor” klubining uchrashuvini ko‘rish uchun ketmoqda.

“Niyatimiz o‘zi „Qatar-2022“ futbol chempionatiga borish edi, biroq bora olmadik. Shunga endi „Navbahor“ jamoasining 22-avgust kuni Qatar klubi bilan o‘yini bor. Shuni ko‘rish hamda aylanib kelish uchun Namangandan 200 nafar odam uchib ketmoqda. O‘zi aslida JCHga bora olmaganimiz sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bo‘lmasada, Abu-Dabi orqali Qatar davlatini turist sifatida ko‘rib kelmoqchi edik. Hozir reysda joy qolmagani sabab qolib ketgan ayrim jamoadoshlar Abu-Dabi orqali Dohaga uchib ketmoqda. U yerda 1 hafta qolamiz, bunda barcha xizmatlari ichida bo‘lgan umumiy tur uchun 630 dollar pul sarfladik. Bu narx bizga qulay. Negaki, boshqa bir davlatning birgina vizasini olish uchun ham 100−200 dollar pul sarflashga to‘g‘ri keladi. Hozir esa biz birinchi reysda uchayotganimiz uchun EASYBOOKING kompaniyasi Qatar vizasini tekin qilib berdi”, — deydi Abdulvosit Karimov.

Ma’lumot uchun, 2008-yildan beri faoliyat yuritayotgan EASYBOOKING kompaniyasi zamonaviy bron qilish xizmati, aviabiletlarni xarid qilish, turlarni tashkillashtirish va transferni amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shu vaqtgacha kompaniya xizmatlari yordamida 3 mlndan ortiq kishi sayohat qilgan. Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiyada kompaniyaning filiallari ham mavjud. EASYBOOKING dunyo bo‘ylab 1000 dan ortiq hamkorlarga ega, xarid qilish uchun esa 800 dan ortiq aviakompaniyalar hamda loukosterlar biletlari bor.

O‘zbekistondagi eng yosh aviakompaniya — Centrum Air O‘zbekiston ichida va uning chegaralaridan tashqarida: Ras al-Xayma (BAA), Tbilisi (Gruziya), Xurgada va Sharm-al-Shayx (Misr), Doha (Qatar), Moskva (Rossiya), Maldiv orollariga parvozlarni taklif qilmoqda.