Jamiyat

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bundan xulosa chiqaradi degan umiddaman. Gollandiyalik bloger — pora evaziga “apgreyd” haqida
18 oktabr 2023, 19:22

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bundan xulosa chiqaradi degan umiddaman. Gollandiyalik bloger — pora evaziga “apgreyd” haqida

Niderlandiyalik sayyoh Tom Grond pora evaziga chipta sinfini “ko‘tarib bergan” poyezd boshlig‘i ishdan bo‘shatilganidan afsusdaligini aytdi. “Kompaniya oynadagi aksiga qarashi kerak”, deb yozgan sayyoh chipta toifasini oshirish uchun barcha rasmiy urinishlari zoye ketgani uchun pora berishga majbur bo‘lganini bildirdi.

10−11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi
18 oktabr 2023, 18:10

10−11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi

Maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi. Ular qaysi yo‘nalishni tanlasa, o‘sha fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Keyingi o‘quv yilidan tanlov fanlari ko‘payadi.

Surxondaryoda teplovoz urib ketgan Spark haydovchisi vafot etdi
18 oktabr 2023, 16:17

Surxondaryoda teplovoz urib ketgan Spark haydovchisi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida yo‘lovchi poyezdi Spark bilan to‘qnashdi. YTHga yengil avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgani sabab bo‘ldi. Avtomobil haydovchisi vafot etgan. Poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yilga qamaldi
18 oktabr 2023, 15:45

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan erkak 15 yilga qamaldi

Qibrayda 2019-yilda 13 yoshli qiz 27 yoshli qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Sud jinoyatchiga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Namanganda sun’iy ko‘l, Qashqadaryoda dor yo‘li, Xivada siti — Samarqanddagi turizm forumida qanday kelishuvlarga erishildi?
18 oktabr 2023, 14:52

Namanganda sun’iy ko‘l, Qashqadaryoda dor yo‘li, Xivada siti — Samarqanddagi turizm forumida qanday kelishuvlarga erishildi?

Samarqandda o‘tkazilayotgan UNWTO tadbirlari doirasida O‘zbekiston viloyatlari xorijiy kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishdi. Xivada Khiva city turizm markazi, Qashqadaryoda 3 metrlik dor yo‘li, Namanganda sun’iy ko‘l va Samarqandda 3ta akvanarium va boshqalar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkentdagi Singapur institutida 600 nafarga yaqin talaba kursdan qoldirilgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi
18 oktabr 2023, 13:12

Toshkentdagi Singapur institutida 600 nafarga yaqin talaba kursdan qoldirilgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining 600 nafarga yaqin talabasi kursdan qoldirilgani haqidagi xabarlardan so‘ng OTM rektori izoh berdi. Uning yozishicha, 532 nafar talaba akademik nizom talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Rektor ularning masalasi tahlil etilishini qayd etdi.

Andijonda paxta xirmonida yong‘in sodir bo‘ldi. Vazirlik yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda
18 oktabr 2023, 11:48

Andijonda paxta xirmonida yong‘in sodir bo‘ldi. Vazirlik yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda

Baliqchi tumanida paxta qabul qilish maskanidagi xirmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda. Lekin voqea aks etgan videoda bir xirmon to‘liq yonib, yong‘in ikkinchi xirmonga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.

UzAuto Motors sotuvda bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi
18 oktabr 2023, 10:02

UzAuto Motors sotuvda bo‘lmagan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirdi

UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar bo‘lgan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

Toshkentda tutqunlikda burgut saqlagan shaxslar 4,95 mln so‘m jarimaga tortildi
17 oktabr 2023, 17:33

Toshkentda tutqunlikda burgut saqlagan shaxslar 4,95 mln so‘m jarimaga tortildi

Toshkent shahridagi “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” hududida 1 dona cho‘l burgutini tutqunlikda saqlagan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan 4 950 000 so‘m jarima qo‘llanildi.

2024-yilda O‘zbekistonga 10 mln turist kelishi kutilmoqda — Aziz Abduhakimov
17 oktabr 2023, 15:27

2024-yilda O‘zbekistonga 10 mln turist kelishi kutilmoqda — Aziz Abduhakimov

2024-yilda O‘zbekistonga 10 mln sayyoh kelishi kutilmoqda, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Samarqand Global investitsiya forumida. Tadbir doirasidagi ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 ta hududi va Markaziy Osiyo davlatlarining turistik-investitsion stendlari namoyish etildi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Yaponiya Farg‘ona viloyatidagi bog‘chaga mebel va jihozlar yetkazib berdi
17 oktabr 2023, 12:46

Yaponiya Farg‘ona viloyatidagi bog‘chaga mebel va jihozlar yetkazib berdi

Yaponiya elchixonasi tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar va oshxona mebellari hamda darslar uchun audiovizual jihozlar sovg‘a qilindi.

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi
17 oktabr 2023, 12:36

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi

Toshkent shahrida 17-oktabr kuni Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

Samarqanddagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi
17 oktabr 2023, 11:28

Samarqanddagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda 17 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida YTH sodir etdi, oqibatda o‘zi va ikki do‘sti halok bo‘ldi. Mashina beton to‘siqqa urilgach, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yong‘in yuz bergan.

Uzbekistan Airways pensiya yoshidagi fuqarolarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi
17 oktabr 2023, 11:09

Uzbekistan Airways pensiya yoshidagi fuqarolarga ichki aviaqatnovlar uchun chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi. Chegirma 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar amal qiladi.

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi
17 oktabr 2023, 10:39

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘istonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda.

Isroilda 1990-yillarda ko‘chib ketgan 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan — elchixona
16 oktabr 2023, 22:48

Isroilda 1990-yillarda ko‘chib ketgan 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan — elchixona

HAMASning Isroildagi hujumlari natijasida 1990-yillarda u yerga ko‘chib ketgan besh nafar asli o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ularda amaldagi O‘zbekiston pasportlari bo‘lmagan. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil TIVning halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi xabariga shunday izoh berdi.

Chegarachilar qarshilik ko‘rsatgan kontrabandachilarga qurol ishlatdi, ikki kishi halok bo‘ldi
16 oktabr 2023, 20:03

Chegarachilar qarshilik ko‘rsatgan kontrabandachilarga qurol ishlatdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona tumanida bir guruh mahalliy aholi kontrabanda olib ketayotgani aytilayotgan avtomobilni to‘xtatgan chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga jarohat yetkazdi. Kuchlar teng bo‘lmagani sababli harbiylar qurol ishlatgan. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi.

“Temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari — chayqovchilarning “sxemalari” va chet ellik bloger bilan bo‘lgan voqea haqida
16 oktabr 2023, 19:51

“Temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari — chayqovchilarning “sxemalari” va chet ellik bloger bilan bo‘lgan voqea haqida

Poyezd chiptalari arzonligi sabab chayqovchilar biletni sotib olib, ustiga yana qo‘yib sotmoqda, dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov. Chiptalar arzonligi uchun qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketmoqda. “Arzon tarif qilamiz deb, korrupsion tizimni o‘zimiz yaratdik”, — dedi u.

Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakoner ozodligi 3 yilga cheklandi
16 oktabr 2023, 18:11

Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakoner ozodligi 3 yilga cheklandi

Dehqonobod tumanida 43 ta echkiemar esa o‘ldirilib, terisi shilib olgan shaxs aniqlandi. Unga nisbatan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi
16 oktabr 2023, 16:43

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting